https://oz.sputniknews.uz/20261026/nurafshon-maz-ishlab-chiqarilish-61504857.html
O‘zbekistonda MAZ maxsus texnikalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekistonda MAZ maxsus texnikalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Minsk avtomobil zavodi rahbariyati bilan Nurafshonda MAZ shassilarida maxsus texnika yig‘ish, avtobuslar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish markazini ochish masalalarini muhokama qildi.
2026-10-26T14:41+0500
2026-10-26T14:41+0500
2026-10-26T14:41+0500
belarus
avtomobil
nurafshon shahri
zoyir mirzayev
toshkent viloyati
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61504628_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_dc239baf8b7e9c2d82809510cb0c2d21.jpg
TOShKENT, 26 okt— Sputnik. Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Belarusning MAZ avtomobillari shassilari asosida kommunal va maxsus texnikalarni yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu masala viloyat hokimi Zoir Mirzayevning Minsk avtomobil zavodiga tashrifi davomida muhokama qilindi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.Mirzayev MAZ bosh direktori Valeriy Ivankovich bilan uchrashib, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, maxsus texnika ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi.Mazkur korxona 50 million dollarlik loyiha doirasida tashkil etilgan bo‘lib, "KRANTAS" brendi ostida maxsus avtomobillar va turli mexanizmlar ishlab chiqaradi. Unda 300 nafardan ortiq mutaxassis mehnat qiladi.Muzokaralarda Toshkent viloyati shaharlarining jamoat transporti va yuk avtomobillari parkini yangilash ham muhokama qilindi. Bunda MAZ avtobuslari va yuk mashinalarini bir necha yil davomida bo‘lib to‘lash yoki lizing asosida yetkazib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, viloyatda MAZ texnikalariga xizmat ko‘rsatish markazi va ehtiyot qismlar omborini ochish, avtomobil ramalari qismlari va metall buyumlarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish taklif etildi.Eslatib o‘tamiz, 2026-yil fevralda MAZ va O‘zbekistonning "UzBelMotors" kompaniyasi mamlakatda yuk avtomobillarini birgalikda yig‘ish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.MAZ Belarusning yirik avtomobilsozlik korxonalaridan biri bo‘lib, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar va maxsus texnikalar ishlab chiqaradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260723/tashkent-maxsus-texnika-zavod-59202897.html
belarus
nurafshon shahri
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61504628_232:0:1192:720_1920x0_80_0_0_13be44546b1c44f3782a8e8bd038381c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
belarus, avtomobil, nurafshon shahri, zoyir mirzayev, toshkent viloyati, iqtisod
belarus, avtomobil, nurafshon shahri, zoyir mirzayev, toshkent viloyati, iqtisod
O‘zbekistonda MAZ maxsus texnikalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Nurafshonda MAZ shassilarida chiqindi tashuvchi avtomobillar, avtotsisternalar va kran-manipulyatorlar yig‘ish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 26 okt— Sputnik. Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Belarusning MAZ avtomobillari shassilari asosida kommunal va maxsus texnikalarni yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu masala viloyat hokimi Zoir Mirzayevning Minsk avtomobil zavodiga tashrifi davomida muhokama qilindi, deb
xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Mirzayev MAZ bosh direktori Valeriy Ivankovich bilan uchrashib, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, maxsus texnika ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Xususan, Nurafshon shahridagi "Nurafshon maxsus texnika" korxonasi negizida MAZ shassilarida chiqindi tashuvchi avtomobillar, avtotsisternalar va kran-manipulyatorlar yig‘ishni tashkil etish taklif qilindi.
Mazkur korxona 50 million dollarlik loyiha doirasida tashkil etilgan bo‘lib, "KRANTAS" brendi ostida maxsus avtomobillar va turli mexanizmlar ishlab chiqaradi. Unda 300 nafardan ortiq mutaxassis mehnat qiladi.
Muzokaralarda Toshkent viloyati shaharlarining jamoat transporti va yuk avtomobillari parkini yangilash ham muhokama qilindi. Bunda MAZ avtobuslari va yuk mashinalarini bir necha yil davomida bo‘lib to‘lash yoki lizing asosida yetkazib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, viloyatda MAZ texnikalariga xizmat ko‘rsatish markazi va ehtiyot qismlar omborini ochish, avtomobil ramalari qismlari va metall buyumlarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish taklif etildi.
Tomonlar muhandislar o‘rtasida tajriba almashish, mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratdi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil fevralda MAZ va O‘zbekistonning "UzBelMotors" kompaniyasi mamlakatda yuk avtomobillarini birgalikda yig‘ish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.
MAZ Belarusning yirik avtomobilsozlik korxonalaridan biri bo‘lib, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar va maxsus texnikalar ishlab chiqaradi.