https://oz.sputniknews.uz/20260723/tashkent-maxsus-texnika-zavod-59202897.html
Toshkentda maxsus texnika ishlab chiqaradigan yangi zavod quriladi
Toshkentda maxsus texnika ishlab chiqaradigan yangi zavod quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Nurafshondagi korxonada maxsus avtomobillar, harbiy texnika va turli mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda. Toshkentning Yangixayot tumanidagi yangi zavod yiliga 15–18 mln dollarlik mahsulotni mahalliylashtiradi. Loyiha qiymati 50 mln. dollar
2026-07-23T09:12+0500
2026-07-23T09:12+0500
2026-07-23T09:56+0500
shavkat mirziyoyev
harbiy texnika
avtomobil
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/17/59202722_0:74:1900:1143_1920x0_80_0_0_8c1dbd75dbfb2469e78d6348569d22d1.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Yangihayot tumanida maxsus texnika va turli mexanizmlar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bredi.Yangi korxona 10 gektar maydonda barpo etiladi. Uning ishga tushirilishi yiliga 15–18 mln dollarlik mahsulotni mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish imkonini beradi.Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Nurafshon shahridagi “Nurafshon maxsus texnika” korxonasiga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.Umumiy qiymati 50 mln dollar bo‘lgan mazkur korxona 25,8 gektar maydonda tashkil etilgan. Ishlab chiqarishda Rossiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Xitoy va Turkiyadan keltirilgan uskuna hamda texnologiyalardan foydalaniladi.Korxonada shu vaqtga qadar 2,5 ming tonnaga yaqin metall konstruksiya, 300 tadan ziyod avtomobil ustqurmasi, 200 tadan ortiq shassi va 20 tadan ziyod traktor ishlab chiqarilgan. O‘tgan yili buyurtmachilarga 275 mlrd so‘mlik texnika va mexanizmlar yetkazib berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260113/prezident-chirchiq-aviatsiya-zavod-tashrif-54780336.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/17/59202722_212:0:1900:1266_1920x0_80_0_0_b9c077d2010ba6e7957c3dd6eee18521.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, harbiy texnika, avtomobil, jamiyat, toshkent
shavkat mirziyoyev, harbiy texnika, avtomobil, jamiyat, toshkent
Toshkentda maxsus texnika ishlab chiqaradigan yangi zavod quriladi
09:12 23.07.2026 (yangilandi: 09:56 23.07.2026) Quriladigan yangi zavod yiliga 15–18 mln dollarlik mahsulotni mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish imkonini beradi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Yangihayot tumanida maxsus texnika va turli mexanizmlar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar bredi.
Yangi korxona 10 gektar maydonda barpo etiladi. Uning ishga tushirilishi yiliga 15–18 mln dollarlik mahsulotni mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish imkonini beradi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Nurafshon shahridagi “Nurafshon maxsus texnika” korxonasiga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.
Umumiy qiymati 50 mln dollar bo‘lgan mazkur korxona 25,8 gektar maydonda tashkil etilgan.
Bu yerda “KRANTAS” brendi ostida maxsus turdagi avtomobillar, harbiy texnika va turli mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 300 nafardan ortiq malakali mutaxassis doimiy ish bilan ta’minlangan.
Ishlab chiqarishda Rossiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Xitoy va Turkiyadan keltirilgan uskuna hamda texnologiyalardan foydalaniladi.
Korxonada shu vaqtga qadar 2,5 ming tonnaga yaqin metall konstruksiya, 300 tadan ziyod avtomobil ustqurmasi, 200 tadan ortiq shassi va 20 tadan ziyod traktor ishlab chiqarilgan. O‘tgan yili buyurtmachilarga 275 mlrd so‘mlik texnika va mexanizmlar yetkazib berilgan.