Xivada besh mamlakat ijodkorlari ishtirokida "Oydin gurunglar" xalqaro forumi o‘tkazildi

© Soyuz pisateley UzbekistanaV Xive sostoyalsya mejdunarodniy forum "Oydin gurunglar"
V Xive sostoyalsya mejdunarodniy forum Oydin gurunglar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2026
Obuna bo‘lish
"Oydin gurunglar" forumida besh davlat teatrlari spektakllar namoyish etdi, adiblar va rassomlar ijodiy uchrashuvlar o‘tkazdi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Xiva shahridagi "Arda Xiva" turistik majmuasida 22–25 oktabr kunlari "Oydin gurunglar — 2026" xalqaro ijodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Boshqaruv samaradorligi agentligi xabar berdi.
Forumda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, rejissorlar va teatr jamoalari ishtirok etdi.
Forumning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Davletovning ma’lum qilishicha, tadbirda 400 nafardan ortiq ijodkor ishtirok etgan. Jumladan, O‘zbekistonning 12 ta xususiy teatri, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston teatr jamoalari qatnashgan.
To‘rt kunlik dasturdan teatr spektakllari, opera chiqishlari, konsertlar, adabiy uchrashuvlar, mahorat darslari hamda tasviriy san’at va moda ko‘rgazmalari o‘rin oldi.
Xususan, ochilish marosimida "Art-House Xamsa" teatrining "Oydan-da go‘zal" lirik kompozitsiyasi, shuningdek, Abdulhamid Cho‘lpon asarlari asosida sahnalashtirilgan tomosha namoyish etildi.
Forum dasturiga Usmon Azim, Erkin A’zam, Zebo Mirzo, Farida Afro‘z va G‘ayrat Majid kabi ijodkorlar bilan adabiy suhbatlar kiritildi.
Tasviriy san’at yo‘nalishida Bahodir Jalolov, Fayzulla Ahmadaliyev va Elnur Egamov ishtirokida mahorat darslari, Madamin Xudoyberganov asarlari ko‘rgazmasi hamda Xorazm yosh rassomlari ijodiga bag‘ishlangan "Daryo" immersiv ko‘rgazmasi tashkil etilishi belgilangan edi.
Tadbir Madaniyat vazirligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi, Markaziy bank va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.
Uning maqsadi mahalliy va xorijiy ijodkorlar o‘rtasida tajriba almashish, madaniy hamkorlikni kengaytirish va milliy san’atni targ‘ib qilishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, forum 19-oktabrda Toshkentda boshlangan. Uning doirasida kitobxonlik, moliyaviy savodxonlik va ma’rifiy loyihalar ham taqdim etilgan.
Delegatsiya Uzbekistana prinyala uchastie v mejdunarodnom forume v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2026
Peterburgdagi madaniyat forumi: O‘zbekiston MDHga nimalarni taklif qildi?
Yangiliklar lentasi
0