https://oz.sputniknews.uz/20261026/islom-bank-imkoniyatlar-61511509.html
Ekspert islomiy banking biznes va aholi uchun qanday imkoniyatlar ochishini tushuntirdi
Ekspert islomiy banking biznes va aholi uchun qanday imkoniyatlar ochishini tushuntirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda islomiy banking xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va biznes uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. Ekspert Shuhrat Boboxo‘jayev yangi tizimning afzalliklari va banklar raqobatiga ta’sirini tushuntirdi.
2026-10-26T18:14+0500
2026-10-26T18:14+0500
2026-10-26T18:14+0500
bank
moliyalashtirish
investitsiya
tadbirkor
jamiyat
o‘zbekiston
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61511107_0:80:1536:944_1920x0_80_0_0_e5f0633b3bb40a33592bd42ae96268ef.png
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekistonda islomiy bankingning joriy etilishi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va banklar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishga yordam beradi. Bu haqda Toshkentdagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti dotsenti Shuhrat Boboxo‘jayev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.An’anaviy bank tizimidan farqli ravishda, islomiy bankingda qarzlar bo‘yicha foiz olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Moliyalashtirish qo‘shma loyihalar, sheriklik va foydani taqsimlash tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, bunday banklar shariat meyorlariga zid sohalarga, jumladan, qimor o‘yinlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqarishga sarmoya kiritmaydi.Boboxo‘jayevning fikricha, yangi moliyaviy tizim nafaqat musulmonlar, balki biznesini rivojlantirish uchun mablag‘ jalb qilishning muqobil usullarini izlayotgan tadbirkorlarda ham qiziqish uyg‘otishi mumkin.Uning qo‘shimcha qilishicha, islomiy bankingning rivojlanishi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish va yangi korxonalar tashkil etishga ham turtki berishi mumkin.Eslatib o‘tamiz, 23-oktabrda O‘zbekiston Markaziy banki "Open bank"ka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi mamlakatdagi birinchi litsenziyani taqdim etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20261026/uzbekistan-islom-bank-litsenziya-61498214.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61511107_86:0:1451:1024_1920x0_80_0_0_6cdfe0fe9423434c5a8ebc4c92e9c9cb.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bank, moliyalashtirish, investitsiya, tadbirkor, jamiyat, o‘zbekiston, iqtisod
bank, moliyalashtirish, investitsiya, tadbirkor, jamiyat, o‘zbekiston, iqtisod
Ekspert islomiy banking biznes va aholi uchun qanday imkoniyatlar ochishini tushuntirdi
Islomiy banking xorijiy sarmoya jalb qilish va tadbirkorlarga bank kreditlariga muqobil moliyalashtirishni taklif etishi mumkin
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekistonda islomiy bankingning joriy etilishi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va banklar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishga yordam beradi. Bu haqda Toshkentdagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti dotsenti Shuhrat Boboxo‘jayev
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
"Islomiy banking bunday tizim azaldan amal qilib kelayotgan mamlakatlardan qo‘shimcha resurslarni jalb qilish imkonini beradi. Xorijiy banklar O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochib, aholi va tadbirkorlarni moliyalashtirishi mumkin bo‘ladi", — deya tushuntirdi ekspert.
An’anaviy bank tizimidan farqli ravishda, islomiy bankingda qarzlar bo‘yicha foiz olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Moliyalashtirish qo‘shma loyihalar, sheriklik va foydani taqsimlash tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, bunday banklar shariat meyorlariga zid sohalarga, jumladan, qimor o‘yinlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqarishga sarmoya kiritmaydi.
Boboxo‘jayevning fikricha, yangi moliyaviy tizim nafaqat musulmonlar, balki biznesini rivojlantirish uchun mablag‘ jalb qilishning muqobil usullarini izlayotgan tadbirkorlarda ham qiziqish uyg‘otishi mumkin.
"Moliyalashtirish manbalari qanchalik ko‘p bo‘lsa, aholi va biznes uchun imkoniyatlar shunchalik kengayadi. Bu bank sektoridagi raqobatni kuchaytiradi hamda turizm, xizmat ko‘rsatish sohasi, qishloq xo‘jaligi va sanoatning rivojlanishiga xizmat qilishi mumkin", — deya ta’kidladi ekspert.
Uning qo‘shimcha qilishicha, islomiy bankingning rivojlanishi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish va yangi korxonalar tashkil etishga ham turtki berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 23-oktabrda O‘zbekiston Markaziy banki "Open bank"ka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi mamlakatdagi birinchi litsenziyani taqdim etdi.