O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati uchun ilk litsenziya berildi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevVxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan
Vxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2026
Obuna bo‘lish
23 oktabrda "Open bank" mamlakatda birinchi bo‘lib islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani oldi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi birinchi litsenziya “Open bank” aksiyadorlik jamiyatiga berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Markaziy bank boshqaruvining 23-oktabrdagi 28/1-sonli qaroriga muvofiq, bank 1-I-sonli litsenziyani oldi. U “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beradi.
Islomiy bank qanday xizmatlar ko‘rsatishi mumkin?
Qonunchilikka muvofiq, islomiy bank faoliyati doirasida quyidagi moliyaviy xizmatlarga ruxsat berilgan:
tovarlarni nasiyaga sotish orqali moliyalashtirish (murobaha);
mol-mulkni sotib olish huquqi bilan ijaraga berish;
sherikchilik asosida biznesni moliyalashtirish;
foydani taqsimlash sharti bilan investitsiyaviy omonatlarni jalb qilish;
tovarlar uchun oldindan to‘lov qilish orqali moliyalashtirish.
An’anaviy foizli kreditlashdan farqli ravishda, islomiy moliyada moliyalashtirish savdo, ijara, sherikchilik va foydani taqsimlash kabi shartnomalarga asoslanadi. Bunda bankning daromadi ham shartnoma turiga qarab shakllanadi.
Islomiy moliya operatsiyalarining belgilangan standartlarga muvofiqligini bankning maxsus Islomiy moliya kengashi nazorat qiladi.
Ma’lumot uchun, "Open bank" avval "Smart bank" nomi bilan faoliyat yuritgan. Uning nomi 2025-yil sentabrda o‘zgartirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilovchi qonun 2026-yil 29-iyunda kuchga kirgan.
Mart oyida prezidentga taqdim etilgan rejaga ko‘ra, 2030-yilgacha mamlakatda ikkita to‘liq islomiy bank tashkil etish hamda islomiy moliya xizmatlari orqali qo‘shimcha 1 mlrd dollar investitsiya va depozit jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Markaziy bank fuqarolarni bank xizmatlaridan foydalanishdan avval tegishli litsenziyani rasmiy sayt orqali tekshirishga chaqirdi.
Timur Ishmetov rasskazal o sostoyanii i perspektivax islamskogo finansirovaniya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
Ishmetov O‘zbekistonda islom moliyasining hozirgi holati va rivojlanish rejalarini aytdi
Yangiliklar lentasi
0