“Hamkorlik-2026”: O‘zbekiston va Rossiya harbiylari dron va hujum taktikasini mashq qilmoqda

© Minoboroni RFUcheniya Rossii i Uzbekistana. Arxivnoe foto
Ucheniya Rossii i Uzbekistana. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya harbiylari “Hamkorlik-2026”da dronlar, hujum taktikasi va taktik tibbiyot bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” poligonida “Hamkorlik-2026” qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda. Rossiyaning 201-gvardiyachi harbiy bazasi yo‘riqchilari o‘zbekistonlik hamkasblariga mustahkamlangan pozitsiyalarni egallash usullarini namoyish etdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Harbiy xizmatchilar ikki-uch kishilik guruhlar tarkibida xandaqlarda harakatlanish, shtatdagi qurollardan o‘q otish, shartli yaradorlarni xavfli hududdan evakuatsiya qilish va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni mashq qildi.
Rossiya tomoni razvedka va hujumchi dronlar, shuningdek, yer usti robotlashtirilgan majmualari operatorlarini tayyorlash tizimini taqdim etdi. Shartli raqib dronlariga qarshi radioelektron kurash vositalari va o‘qotar qurollardan foydalanish usullari ham ko‘rsatildi.
201-harbiy bazaning dronlar bo‘linmasi vzvod komandiri Aleksey Semonovga ko‘ra, O‘zbekiston harbiylari ayniqsa dron operatorlarini tayyorlash va uchuvchisiz tizimlarni amalda qo‘llash tajribasiga qiziqish bildirgan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston harbiy xizmatchilari shaxsiy tarkibni ma’naviy-ruhiy tayyorlash metodikasi, yer osti qo‘mondonlik punktlarini jihozlash va ochiq maydonda taktik harakat qilish usullarini namoyish etdi.
20–27 oktabr kunlari o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar dasturidan chegara hududlariga kirgan shartli qurolli guruhlarni aniqlash va zararsizlantirish, egallangan pozitsiyalarni ozod qilish hamda aholi punktini egallash kabi vazifalar o‘rin olgan.
Rossiya tomonidan mashg‘ulotlarda tog‘ va hujum bo‘linmalari, FPV-dronlar, razvedka uchuvchisiz apparatlari va yer usti robotlari operatorlari, shuningdek, Mi-24 zarba beruvchi vertolotlari ekipajlari qatnashmoqda.
Rossiyskie voyennoslujashie pribili v Uzbekistan dlya uchastiya v uchenii Xamkorlik-2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Rossiya harbiylari Tojikistondan 300 km marsh qilib, Termizdagi mashg‘ulotlarga keldi
Yangiliklar lentasi
0