Rossiya harbiylari Tojikistondan 300 km marsh qilib, Termizdagi mashg‘ulotlarga keldi

© Ministerstvo oboroni RFRossiyskie voyennoslujashie pribili v Uzbekistan dlya uchastiya v uchenii "Xamkorlik-2026"
Rossiyskie voyennoslujashie pribili v Uzbekistan dlya uchastiya v uchenii Xamkorlik-2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari 300 km dan ortiq tog‘ yo‘llarini bosib o‘tib, Termizda 20–27 oktabr kunlari o‘tadigan mashg‘ulotlarga yetib keldi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiyaning 201-gvardiya harbiy bazasi bo‘linmalari O‘zbekistondagi “Termiz” poligoniga “Hamkorlik-2026” qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun yetib keldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Harbiy xizmatchilar Tojikiston va O‘zbekiston tog‘lari bo‘ylab 300 kilometrdan ortiq masofani marsh bilan bosib o‘tdi.
© Ministerstvo oboroni RFRossiyskie voyennoslujashie pribili v Uzbekistan dlya uchastiya v uchenii "Xamkorlik-2026"
Rossiyskie voyennoslujashie pribili v Uzbekistan dlya uchastiya v uchenii Xamkorlik-2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Rossiyskie voyennoslujashie pribili v Uzbekistan dlya uchastiya v uchenii "Xamkorlik-2026"
Marsh davomida ular baland tog‘ yo‘llaridagi tik ko‘tarilish va tushishlardan, shuningdek, tog‘ serpantinlarining tor qismlaridan o‘tdi.
Harakatlanishda BTR-82A zirhli transportorlari, “Ural” yuk mashinalari hamda “KamAZ” bazasidagi maxsus texnikalardan foydalanildi.
Poligonga yetib kelgan Rossiya bo‘linmalari harbiy texnikalarga xizmat ko‘rsatish va ularni mashg‘ulotlarning faol bosqichiga tayyorlashga kirishdi.
O‘zbekiston va Rossiya Qurolli kuchlarining “Hamkorlik-2026” qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari 20–27 oktabr kunlari “Termiz” poligonida o‘tkaziladi.
Konferensiya ODKB, SNG i ShOS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2026
Radikallar Afg‘onistondan Markaziy Osiyo va Rossiyaga tahdid uchun foydalanmoqchi — Lavrov
Yangiliklar lentasi
0