Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOIIning MDHdagi asosiy savdo hamkoriga aylandi — ulushi 66 foiz

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Kollegii YeEK Bakitjana Sagintayeva
Shavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Kollegii YeEK Bakitjana Sagintayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIning ittifoqqa kirmaydigan MDH davlatlari bilan savdosida O‘zbekiston ulushi 66 foizga yetdi. Tomonlar yangi kelishuvlarni tayyorlamoqda.
TOShKENT, 25-oktabr — Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lmagan MDH davlatlari orasida tashkilotning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Hay’ati raisi Baqitjan Sag‘intayev prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
Sag‘intayevga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston va YeOII davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 11 mlrd dollardan oshgan. Bu YeOIIning ittifoqqa a’zo bo‘lmagan MDH davlatlari bilan umumiy savdosining 66 foizini tashkil etadi.

2025 yilda esa O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 17,4 mlrd dollarga yetgan. Bu 2020-yilga nisbatan 1,8 barobar ko‘p.

Hozirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bojxona ma’lumotlarini almashish bo‘yicha xalqaro kelishuv tayyorlanmoqda. Hujjat bojxona operatsiyalarini tezlashtirish, tovar oqimlari shaffofligini oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Texnik tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish mahsulotlarni O‘zbekiston va YeOII bozorlariga chiqarishni yengillashtirishi hamda tadbirkorlar xarajatlarini kamaytirishi kutilmoqda.
Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi — iqtisodiyotni raqamlashtirish. Xususan, elektron ma’lumot almashinuvi, yuk tashish jarayonlarini raqamlashtirish, raqamli xizmatlarni o‘zaro bog‘lash va elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, sanoat va agrosanoat sohalarida qo‘shma kooperatsiya tashabbuslari amalga oshirilmoqda.
Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston YeIK bilan qo‘shma ishchi guruhning to‘rtta yig‘ilishini o‘tkazgan. Texnik tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ham tasdiqlangan.
O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining to‘laqonli a’zosiga aylangan va bank bilan hamkorlik loyihalari portfeli shakllantirilgan.
Ayni paytda YeIK va O‘zbekiston hukumatining 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi yakunlanmoqda. Uni 2030-yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik rejasi bilan davom ettirish ko‘zda tutilgan.
Tomonlar yil oxirigacha qo‘shma ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olgan.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan qo‘shma ishlab chiqarishlardan manfaatdor – ekspert - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan qo‘shma ishlab chiqarishlardan manfaatdor – ekspert
Yangiliklar lentasi
0