https://oz.sputniknews.uz/20261026/brasil-lula-saylov-galaba-61500357.html
Braziliyada Lula saylovda g‘alaba qozondi, ammo qonunlarni qabul qilishda qiynalishi mumkin
Braziliyada Lula saylovda g‘alaba qozondi, ammo qonunlarni qabul qilishda qiynalishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Braziliyada Lula da Silva prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. Biroq raqibi Bolsonaruning partiyasi parlamentning har ikki palatasida eng katta fraksiyaga ega bo‘ldi. Bolsonaru esa saylov natijalarini tan olmadi.
2026-10-26T12:55+0500
2026-10-26T12:55+0500
2026-10-26T12:59+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
saylov natijalari
saylovlar
braziliya
luis inasiu lula da silva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61499626_0:0:1739:978_1920x0_80_0_0_2032b08a8194b29d6c4292148fd2d4c3.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Braziliyada 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi. Biroq uning raqibi Flaviu Bolsonaru mansub Liberal partiya mamlakat parlamentining har ikki palatasida eng katta fraksiyaga ega bo‘ladi.Braziliya Oliy saylov sudi ma’lumotlariga ko‘ra, Lula 51,79 foiz yoki 64,25 milliondan ortiq ovoz to‘pladi. Flaviu Bolsonaru esa 48,21 foiz yoki 59,82 milliondan ortiq ovoz oldi. Nomzodlar o‘rtasidagi farq 4,43 million ovozni tashkil etdi.Parlamentda vaziyat qanday?4 oktabrda, prezidentlik saylovining birinchi bosqichi bilan bir vaqtda Braziliya Kongressiga ham saylovlar bo‘lib o‘tgan edi. Uning natijalariga ko‘ra, Bolsonaruning Liberal partiyasi quyi palatadagi 513 ta o‘rindan 121 tasini qo‘lga kiritdi. Lula mansub Mehnatkashlar partiyasi ishtirokidagi partiyalar federatsiyasi esa 88 ta mandat oldi.Senatda ham Liberal partiya yetakchi bo‘ladi — 81 o‘rindan 29 tasi uning vakillariga tegishli. Mehnatkashlar partiyasi esa 10 senatorga ega bo‘ladi.Braziliya parlamenti matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi siyosiy kuchlar nisbati Lula uchun qonunlarni qabul qilish va o‘z dasturini amalga oshirishda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.Bolsonaru o‘zi so‘ragan choraga qarshi chiqdiPrezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lgan Flaviu Bolsonaru ovoz berish vaqti ikki soatga uzaytirilganini tanqid qilib, saylov natijalarini bekor qilishni talab etishini bildirdi.Biroq CNN Brasil telekanalining xabar berishicha, uning saylov shtabi ham ovoz berish muddatini soat 19:00 gacha uzaytirishni so‘ragan. Xususan, kuchli yomg‘irlar tufayli San-Paulu va yana to‘rtta shtatning ayrim hududlarida saylovchilar ovoz berishga ulgura olmasligi bildirilgan.Lula shtabi esa jamoat transporti harakatidagi muammolar sababli ovoz berish vaqtini butun mamlakat bo‘ylab uzaytirishni so‘ragan. Oliy federal sud ushbu murojaatni qanoatlantirgan, biroq qaror faqat hali yopilmagan saylov uchastkalariga tatbiq etilgan.Braziliya Oliy saylov sudi raisi Kassiu Nunis Markis ovoz berish vaqtini uzaytirish saylov jarayoni va natijalarining ishonchliligiga putur yetkazmaganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260513/uzbekistan-brazil-hamkorlik-57523413.html
braziliya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61499626_158:0:1654:1122_1920x0_80_0_0_d995a527e8629f107ad2b1c55604c9d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, saylov natijalari, saylovlar, braziliya, luis inasiu lula da silva
dunyo yangiliklari, dunyoda, saylov natijalari, saylovlar, braziliya, luis inasiu lula da silva
Braziliyada Lula saylovda g‘alaba qozondi, ammo qonunlarni qabul qilishda qiynalishi mumkin
12:55 26.10.2026 (yangilandi: 12:59 26.10.2026) Lula da Silva to‘rtinchi marta prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi, biroq raqibi Bolsonaruning partiyasi parlamentning har ikki palatasida eng katta fraksiyaga ega bo‘ldi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Braziliyada 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva
g‘alaba qozondi. Biroq uning raqibi Flaviu Bolsonaru mansub Liberal partiya mamlakat parlamentining har ikki palatasida eng katta fraksiyaga ega bo‘ladi.
Braziliya Oliy saylov sudi ma’lumotlariga ko‘ra, Lula 51,79 foiz yoki 64,25 milliondan ortiq ovoz to‘pladi. Flaviu Bolsonaru esa 48,21 foiz yoki 59,82 milliondan ortiq ovoz oldi. Nomzodlar o‘rtasidagi farq 4,43 million ovozni tashkil etdi.
Shu tariqa, Lula mamlakat prezidenti etib to‘rtinchi marta saylandi. Uning navbatdagi vakolat muddati 2027-yil 5-yanvarda boshlanadi.
Parlamentda vaziyat qanday?
4 oktabrda, prezidentlik saylovining birinchi bosqichi bilan bir vaqtda Braziliya Kongressiga ham saylovlar bo‘lib o‘tgan edi. Uning natijalariga
ko‘ra, Bolsonaruning Liberal partiyasi quyi palatadagi 513 ta o‘rindan 121 tasini qo‘lga kiritdi. Lula mansub Mehnatkashlar partiyasi ishtirokidagi partiyalar federatsiyasi esa 88 ta mandat oldi.
Senatda ham Liberal partiya yetakchi bo‘ladi — 81 o‘rindan 29 tasi uning vakillariga
tegishli. Mehnatkashlar partiyasi esa 10 senatorga ega bo‘ladi.
Braziliya parlamenti matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi siyosiy kuchlar nisbati Lula uchun qonunlarni qabul qilish va o‘z dasturini amalga oshirishda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.
Bolsonaru o‘zi so‘ragan choraga qarshi chiqdi
Prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lgan Flaviu Bolsonaru ovoz berish vaqti ikki soatga uzaytirilganini tanqid qilib, saylov natijalarini bekor qilishni talab etishini bildirdi.
Biroq CNN Brasil telekanalining xabar berishicha, uning saylov shtabi ham ovoz berish muddatini soat 19:00 gacha uzaytirishni so‘ragan. Xususan, kuchli yomg‘irlar tufayli San-Paulu va yana to‘rtta shtatning ayrim hududlarida saylovchilar ovoz berishga ulgura olmasligi bildirilgan.
Lula shtabi esa jamoat transporti harakatidagi muammolar sababli ovoz berish vaqtini butun mamlakat bo‘ylab uzaytirishni so‘ragan. Oliy federal sud ushbu murojaatni qanoatlantirgan, biroq qaror faqat hali yopilmagan saylov uchastkalariga tatbiq etilgan.
Braziliya Oliy saylov sudi raisi Kassiu Nunis Markis ovoz berish vaqtini uzaytirish saylov jarayoni va natijalarining ishonchliligiga putur yetkazmaganini ta’kidladi.