Sport va turizm: O‘zbekiston va Braziliya yana qaysi sohalarda hamkorlik qiladi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal ministra inostrannix del Brazilii Mauro Viyeyru
Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra inostrannix del Brazilii Mauro Viyeyru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan savdo, sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, turizm va sportda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyrani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika va sanoatning boshqa tarmoqlarida hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, seleksiya, turizm va sport sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Hukumatlararo komissiya tuzish taklif etildi.
Aleksey Overchuk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya Janubiy Amerika davlatlari birlashmasi — Merkosur bilan hamkorlikni ko‘rib chiqmoqda
Yangiliklar lentasi
0