Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan qo‘shma ishlab chiqarishlardan manfaatdor – ekspert

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Baxtiyor Ergashev O‘zbekistonning YeOII bilan kelgusi hamkorligiga optimizm bilan qarashini bildirdi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Rasmiyatchilik jihatdan O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zoligi yoki a’zo emasligi ittifoq mamlakatlari bilan faol hamkorlik qilish uchun to‘siq emas
“Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev Sputnik multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “O‘zgaruvchan dunyoda YeOII: integratsiya istiqbollari va yangi chaqiriqlar” mavzusidagi videoko‘prik chog‘ida shunday fikr bildirdi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 2018-yildagi 12 milliard dollardan 2025-yilda 20,2 milliard dollardan ko‘proqqa oshdi. O‘zaro hamkorlik nafaqat YeOIIdagi asosiy savdo hamkorlari — Rossiya va Qozog‘iston, balki Belarus bilan ham kuzatilgan.
Biroq uzoq muddatli hamkorlik uchun faqat savdoning o‘zi yetarli emas. Ergashevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va qo‘shimcha qiymat yaratishning yangi zanjirlarini shakllantirishga imkon beradigan sanoat aloqalarini tiklashdan ham manfaatdor.
Ekspert misol tariqasida OKMK ishtirokidagi loyihani keltirdi, uning doirasida yangi mis eritish korxonalarini tashkil etish uchun 7 milliard dollarga yaqin Rossiya investitsiyalarini jalb qilish rejalashtirilgan. U Belarus bilan sanoat kooperatsiyasini yana bir yo‘nalish deb atadi.

“Men O‘zbekistonning YeOII bilan kelgusi hamkorligiga optimizm bilan qarayman. Balki gap YeOIIga doimiy a’zolikni olish haqida ham borayotgandir. Lekin bu yana o‘zbekona yo‘li bilan, ya’ni bosqichma-bosqich, evolyutsion tarzda, pragmatizm hamda birlashmaning boshqa ishtirokchilari manfaatlari bilan uyg‘unlashtirilishi va sinxronlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘z milliy manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshadi”, - dedi “Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori.

Muhokamalar chog‘ida Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari yetakchilarining sammiti yakunlari va unda ko‘rib chiqilgan mintaqaviy hamkorlik va transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ergashev MDH darajasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etish tashabbusiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kiberxavfsizlik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalari MDH, ShHT, TDT platformalarida, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlarida muntazam ravishda ko‘rib chiqiladi.
“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish birlashishni, transchegaraviy muvofiqlashtirilgan faoliyatni talab qiladi”, - dedi u.
Batafsil – Sputnik videosida.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdosi 14,6 mlrd dollarga yetdi
Yangiliklar lentasi
0