Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik shartnomasi: Kreml nimani ma’lum qildi?

© Sputnik / Kristina Kormilisina / Mediabankka o‘tishPomoshnik prezidenta RF Yuriy Ushakov
Pomoshnik prezidenta RF Yuriy Ushakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi ustida hali ishlash kerak. Moskva 4-noyabrdan keyin uch tomonlama muzokaralarga tayyor.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimi tuzilishini istashini bildirdi. Bu holda Vashington har ikki davlat bilan iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
"Biz Rossiya va Ukraina kelishuvga erishadigan hayotga qaytishni istaymiz. Shunda har ikki davlat bilan biznes yurita olamiz", — dedi Tramp jurnalistlarga.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov esa Ukraina bo‘yicha tinchlik shartnomasi ustida hali ishlash kerakligini ta’kidladi.
"Hali uning ustida ishlash kerak", — dedi u jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida.
Ushakovning ma’lum qilishicha, Moskva 4-noyabrdan keyin AQSh va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarni qayta boshlashga tayyor.
"Endi navbatdagi muddat — 4-noyabr, bizning katta bayramimiz. Shundan so‘ng muzokaralarni qayta boshlashga tayyor bo‘lamiz", — dedi u.
Rossiya prezidenti yordamchisi dastlabki uchrashuvda barcha masalalarni hal qilish qiyinligini, u tomonlarning pozitsiyalarini aniqlashga xizmat qilishi mumkinligini ta’kidladi.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilda Putin va Tramp o‘rtasida Ankorijda o‘tkazilgan sammitdan keyin Moskvada AQSh ma’muriyati Kiyevni tinchlik shartlarini qabul qilishga unday olishi mumkin degan taassurot paydo bo‘lgan.
Biroq u kelishuvga erishish uchun Yevropa davlatlari bilan ham muloqot qilish zarurligini qayd etdi.
"Faqat Kiyev bilan gaplashish yetarli emas. Kiyevni to‘liq qo‘llab-quvvatlayotgan butun Yevropa bilan ham gaplashish kerak", — dedi Ushakov.
Avvalroq u Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi noyabrning birinchi yarmida Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan edi.
Hozircha uchrashuvning aniq sanasi tasdiqlanmagan. Tinchlik shartnomasini imzolash muddati ham belgilanmagan.
Vstrecha prezidenta Vladimira Putina i spesposlannika Stivena Uitkoffa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainadagi mojaro yakunlanish sari ketmoqda — Ushakov
Yangiliklar lentasi
0