Rossiyada ayrim migrantlarga jarima to‘lab, qonuniy ishlashga qaytish imkoni berilishi mumkin

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZampred Sovbeza RF Dmitriy Medvedev dal intervyu gazete "Vedomosti"
Zampred Sovbeza RF Dmitriy Medvedev dal intervyu gazete Vedomosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2026
Obuna bo‘lish
Medvedev yengil migratsiya qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘ygan xorijliklarga jarima va zarur tartiblardan so‘ng qonuniy ishlash imkonini berishni taklif qildi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev migratsiya qoidalarini yengil darajada buzgan xorijliklarga jarima to‘lab, o‘z huquqiy maqomini qonuniylashtirish va mehnat faoliyatini davom ettirish imkonini berishni taklif qildi.
U mazkur tashabbusni 22-oktabr kuni migratsiya siyosatiga bag‘ishlangan idoralararo komissiya yig‘ilishida ilgari surdi.
"Migratsiya sohasida yengil qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarning huquqiy maqomini qonuniylashtirish uchun samarali mexanizm yaratish kerak. Ular belgilangan jarimalarni to‘lab, majburiy tartib-taomillardan o‘tgach, mehnat faoliyati bilan shug‘ullana olishi lozim", — dedi Medvedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 2025-yil fevraldan buyon migratsiya qonunchiligini buzgan va mamlakatdan chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan xorijliklar uchun nazorat ostidagi shaxslar reyestri ishlamoqda.
Medvedev ushbu tizim o‘z samaradorligini ko‘rsatganini, biroq fuqarolarni reyestrga kiritish va undan chiqarish tartibini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
Xususan, reyestr qonunga rioya qiluvchi xorijliklarni ishga jalb etishga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Migrantlarni nazorat qilish tartibi ham o‘zgarishi mumkin
Medvedev Moskva va Moskva viloyatida qo‘llanilayotgan "Amina" mobil ilovasi tajribasini Rossiyaning boshqa hududlariga ham tarqatishni taklif qildi.
Ushbu tizim 2025-yil sentabrdan vizasiz davlatlardan kelgan xorijliklarni hisobga olish uchun tajriba tariqasida joriy etilgan.
Dastlab unda mehnat migrantlari ishtirok etgan bo‘lsa, 2026-yil sentabrdan xorijlik talabalar va migrantlarning voyaga yetgan oila a’zolari ham qamrab olingan.
Medvedevning ta’kidlashicha, mazkur tajriba 2029-yil oxirigacha davom etadi.
Yangi qonun loyihalari ikki haftada tayyorlanishi kerak
Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijiy ishchilarni tashkillashtirilgan tartibda jalb qilishga oid qonun loyihalarini ham takomillashtirmoqda.
Medvedevga ko‘ra, hujjatlar deyarli tayyor, ularni huquqiy va texnik jihatdan yakuniy ishlab chiqish qolgan.
U tegishli vazirlik va idoralarga ushbu ishlarni ikki hafta ichida yakunlash vazifasini qo‘ydi.
Shu bilan birga, migratsiya qoidalarini yengil darajada buzgan xorijliklarni qonuniylashtirish mexanizmining aniq shartlari va joriy etilish sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.
Rossiyskie flagi, ustanovlennie v Moskve ko Dnyu gosudarstvennogo flaga Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Rossiya markaziy osiyolik migrantlar uchun eng yirik mehnat bozori bo‘lib qolmoqda – RF TIV
Yangiliklar lentasi
0