Rossiya markaziy osiyolik migrantlar uchun eng yirik mehnat bozori bo‘lib qolmoqda – RF TIV

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRossiyskie flagi, ustanovlennie v Moskve ko Dnyu gosudarstvennogo flaga Rossii
Rossiyskie flagi, ustanovlennie v Moskve ko Dnyu gosudarstvennogo flaga Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Obuna bo‘lish
Diplomatlar mamlakatning mehnat migrantlari o‘rtasidagi ommabopligi sabablari qatorida geografik hamda madaniy va til yaqinligini tilga olmoqda.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari migrantlari uchun eng yirik mehnat bozori bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Xorijiy ishchi kuchining asosiy donor mamlakatlari – O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan mehnat migrantlari soni biroz qisqarganiga qaramay, Rossiya geografik va madaniyat va til yaqinligi tufayli ular uchun eng yirik mehnat bozori bo‘lib qolmoqda”, - dedi u.
May oyida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Elor Toshtemirov RIA Novosti agentligiga mamlakatning qariyb 1,1-1,2 million fuqarosi xorijda ishlashi, ularning yarmidan ko‘pi Rossiyada ekanini ma’lum qilgandi.
Ilgari Tojikiston mehnat va migratsiya vaziri Soliha Xolmuhammadzoda ma’lum qilganidek, 2025-yilda 30 ming nafardan ortiq mamlakat fuqarosi tashkillashtirilgan tarzda Rossiyaga ishlash uchun kelgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 12 ming nafarga ko‘pdir.
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Yerxov Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan migrantlar uchun markaz O‘zbekistonda tashkil etish haqida
Yangiliklar lentasi
0