O‘zbekiston va Rossiya sog‘liqni saqlash bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishMinistr zdravooxraneniya RF Mixail Murashko. Arxivnoe foto
Ministr zdravooxraneniya RF Mixail Murashko. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya tibbiyotda yangi yo‘l xaritasini imzoladi. Murashko onkologiya va teletibbiyot bo‘yicha hamkorlik haqida so‘zladi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlik o‘nlab yillardan buyon davom etmoqda. Xususan, murakkab kasalliklar bo‘yicha masofaviy tibbiy konsiliumlar o‘tkazish, mutaxassislar almashinuvi va og‘ir bemorlarni Rossiya klinikalarida davolash yo‘lga qo‘yilgan.
Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri — bolalar onkologiyasi. Murashko Toshkent va Samarqandda ushbu sohada amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarga alohida to‘xtaldi.
21 oktabr kuni Samarqandda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov va Mixail Murashko tibbiyot sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi.
Muzokaralarda onkologik va yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, yuqori texnologik tibbiy yordam, yadro tibbiyoti hamda farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Murashko teletibbiyot imkoniyatlariga ham e’tibor qaratdi. Uning ma’lum qilishicha, 2025-yilda Rossiyada 23 millionta masofaviy tibbiy maslahat o‘tkazilgan.
Bunday texnologiyalar shifokorlarga bemorlarni masofadan kuzatish va maslahat berish, konsiliumlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan tajriba almashish imkonini beradi. Rossiya sun’iy intellekt qo‘llaniladigan xalqaro hamkorlik shakllarini ham sinovdan o‘tkazmoqda.
Vazir Toshkentda Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti filialining tashkil etilishiga alohida umid bildirdi.
Uning fikricha, mazkur loyiha ikki mamlakat tibbiyot tizimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlab, ilmiy ma’lumotlar almashinuvi va mutaxassislar tayyorlashga yangi turtki beradi.
Murashko bu masalalarni 21–22 oktabr kunlari Samarqandda o‘tkazilayotgan II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi doirasida muhokama qildi.
V Samarkande proxodit sammit po blagopoluchiyu detey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Samarqandda 100 dan ortiq davlat ishtirokida Bolalar farovonligi sammiti boshlandi
Yangiliklar lentasi
0