Samarqandda 100 dan ortiq davlat ishtirokida Bolalar farovonligi sammiti boshlandi

© SputnikV Samarkande proxodit sammit po blagopoluchiyu detey
V Samarkande proxodit sammit po blagopoluchiyu detey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Obuna bo‘lish
Samarqandda 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirokida bolalar farovonligi bo‘yicha Jahon sammiti boshlandi. U ikki kun davom etadi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Samarqandda "Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l" mavzusida Butunjahon sammiti o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
21–22 oktabr kunlari o‘tayotgan anjumanda 100 dan ortiq mamlakatdan davlat va hukumat vakillari, birinchi xonimlar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va ekspertlar ishtirok etmoqda. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, sammitga 600 nafardan ziyod ishtirokchi kelishi kutilgan.
Ochilish marosimida O‘zbekistonning birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning sammit ishtirokchilariga yo‘llagan qutlovini davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi.
Davlat rahbari o‘z murojaatida har bir bolaning xavfsizlik, sifatli ta’lim va tibbiy yordam olish huquqini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini yaxshilash masalalarini muhokama qiladi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim, erta bolalik rivoji va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT, YuNISEF, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon banki kabi xalqaro hamkorlar ishtirokida tashkil etildi.
Tadbir dasturidan yuqori darajadagi yalpi majlislar, mavzuli muhokamalar, tajriba almashish uchrashuvlari hamda O‘zbekistondagi ijtimoiy muassasalarga tashriflar o‘rin olgan.
Anjuman doirasida Bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress ham o‘tkazilmoqda. Unda bolalar saratonini erta aniqlash, zamonaviy davolash usullarini joriy etish va zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida bolalar farovonligiga investitsiya kiritish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Hujjat bolalar huquqlarini himoya qilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda bolalar onkologiyasini davolash qanday rivojlanmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2026
Matbuot markazi
O‘zbekistonda bolalar onkologiyasini davolash qanday rivojlanmoqda - video
Yangiliklar lentasi
0