https://oz.sputniknews.uz/20261022/turkmanistan-gaz-uzbekistan-yonalish-61400481.html
Turkmaniston gazi O‘zbekistonga yangi yo‘nalishdan kelishi mumkin — GGC rahbari
Turkmaniston gazi O‘zbekistonga yangi yo‘nalishdan kelishi mumkin — GGC rahbari
Sputnik O‘zbekiston
Turkmanistondan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishning qo‘shimcha yo‘nalishi paydo bo‘lishi mumkin. “Markaziy Osiyo gaz halqasi” besh davlat gaz quvurlarini birlashtirishni ko‘zda tutadi. Loyiha qiymati 5 milliard dollarga baholanmoqda.
2026-10-22T13:55+0500
2026-10-22T13:55+0500
2026-10-22T13:55+0500
gaz
gaz quvuri
turkmaniston
o‘zbekiston
jamiyat
markaziy osiyo
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/08/40797368_0:87:2062:1247_1920x0_80_0_0_a272637b52e5b493bc5a07d398398d87.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. “Markaziy Osiyo gaz halqasi” loyihasi Turkmanistondan O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning qo‘shimcha yo‘nalishini yaratishi mumkin. Bu haqda Jenevadagi Global gaz markazi (GGC) ijrochi direktori Valeri Dukro Ashxoboddagi “Turkmaniston neft va gazi — 2026” xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Qozog‘istonga, gaz quvurlari o‘zaro ulangan taqdirda esa Qirg‘iziston va Tojikistonga ham gaz yetkazib berish imkoniyatini kengaytiradi. Bunda Turkmanistonning amaldagi eksport majburiyatlari saqlanib qoladi.Turkmaniston hozir ham O‘zbekistonga gaz yetkazib beradi. Jumladan, 2023-yilda “Turkmangaz” va UzGasTrade yiliga 2 milliard kub metrgacha gaz yetkazib berish bo‘yicha qisqa muddatli shartnoma imzolagan.2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston Rossiya va Turkmanistondan jami 1,21 milliard dollarlik gaz import qilgan. Statistikada har bir mamlakatning alohida ulushi keltirilmagan.Euronews ma’lumotiga ko‘ra, “gaz halqasi” 3 ming kilometrdan ortiq yangi va modernizatsiya qilinadigan quvurlarni qamrab olishi mumkin. Tashabbus mualliflari loyiha qiymatini taxminan 5 milliard dollar, yillik o‘tkazish quvvatini esa 20 milliard kub metr deb baholamoqda.Mazkur tarmoq mavjud gaz quvurlarini bog‘lash va gaz oqimlarini turli yo‘nalishlarda boshqarish orqali, ayniqsa qishda, ta’minot barqarorligini oshirishga qaratilgan.Dukro gaz tarmoqlarini o‘zaro bog‘lash, investitsiya jalb qilish va eksport yo‘nalishlarini ko‘paytirishni asosiy vazifalar sifatida sanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20261006/ozbekiston-magistral-gaz-60985574.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/08/40797368_339:313:2062:1606_1920x0_80_0_0_7cee055143ab3a7f9fdab9e7a8dc7e17.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gaz, gaz quvuri, turkmaniston, o‘zbekiston, jamiyat, markaziy osiyo, iqtisod
gaz, gaz quvuri, turkmaniston, o‘zbekiston, jamiyat, markaziy osiyo, iqtisod
Turkmaniston gazi O‘zbekistonga yangi yo‘nalishdan kelishi mumkin — GGC rahbari
“Markaziy Osiyo gaz halqasi” loyihasi Turkmanistondan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishning qo‘shimcha yo‘nalishini yaratishi mumkin.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. “Markaziy Osiyo gaz halqasi” loyihasi Turkmanistondan O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning qo‘shimcha yo‘nalishini yaratishi mumkin. Bu haqda Jenevadagi Global gaz markazi (GGC) ijrochi direktori Valeri Dukro Ashxoboddagi “Turkmaniston neft va gazi — 2026” xalqaro konferensiyasida
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Qozog‘istonga, gaz quvurlari o‘zaro ulangan taqdirda esa Qirg‘iziston va Tojikistonga ham gaz yetkazib berish imkoniyatini kengaytiradi. Bunda Turkmanistonning amaldagi eksport majburiyatlari saqlanib qoladi.
Turkmaniston hozir ham O‘zbekistonga gaz yetkazib beradi. Jumladan, 2023-yilda “Turkmangaz” va UzGasTrade yiliga 2 milliard kub metrgacha gaz yetkazib berish bo‘yicha qisqa muddatli shartnoma imzolagan.
2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston Rossiya va Turkmanistondan jami 1,21 milliard dollarlik gaz import qilgan. Statistikada har bir mamlakatning alohida ulushi keltirilmagan.
Euronews ma’lumotiga ko‘ra, “gaz halqasi” 3 ming kilometrdan ortiq yangi va modernizatsiya qilinadigan quvurlarni qamrab olishi mumkin. Tashabbus mualliflari loyiha qiymatini taxminan 5 milliard dollar, yillik o‘tkazish quvvatini esa 20 milliard kub metr deb baholamoqda.
Mazkur tarmoq mavjud gaz quvurlarini bog‘lash va gaz oqimlarini turli yo‘nalishlarda boshqarish orqali, ayniqsa qishda, ta’minot barqarorligini oshirishga qaratilgan.
Dukro gaz tarmoqlarini o‘zaro bog‘lash, investitsiya jalb qilish va eksport yo‘nalishlarini ko‘paytirishni asosiy vazifalar sifatida sanadi.