Toshkentda bozorlar xatlovdan o‘tkaziladi: 35 ta obyekt sotuv ro‘yxatida

© REUTERS / StringerRinok Abu-Saxiy v Tashkente
Rinok Abu-Saxiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda bozorlarning mol-mulki, qarzlari va noqonuniy qurilishlar tekshiriladi. Avvalroq 35 ta obyekt savdo ro‘yxatiga kiritilgan
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Toshkentdagi bozorlar va savdo komplekslarining moliyaviy holati hamda mol-mulki xatlovdan o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shahar hokimining 20-oktabrdagi qaroriga muvofiq, maxsus ishchi guruh bozorlar hududidagi bino va inshootlarning kadastr hujjatlarini tekshiradi, mavjud mulklar va ularning egalari ro‘yxatini shakllantiradi.
Xatlov davomida quyidagilar o‘rganiladi:
bozorlar hududidagi noqonuniy qurilishlar va ularni bartaraf etish choralari;
yer maydonlarining chegaralari, muhofaza zonalari va mavjud cheklovlar;
soliqlar, majburiy to‘lovlar va boshqa qarzdorliklar;
bozorlarning moliyaviy holati va mavjud muammolar.
To‘plangan ma’lumotlar "Toshkent Invest kompaniyasi" AJga taqdim etiladi. O‘rganish natijalari bo‘yicha bozorlar aktivlaridan samarali foydalanish, jumladan, ularni ommaviy savdolarga chiqarish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Mazkur ishlar prezidentning 2026-yil 27-iyuldagi PQ-279-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Qarorning 5-ilovasida ommaviy savdolarga chiqarilishi nazarda tutilgan 35 ta bozor, savdo kompleksi va ularning shoxobchalari ro‘yxati tasdiqlangan.
Ular orasida "Chilonzor", "O‘rikzor", "Bek to‘pi", "Parkent", "Yangiobod" savdo komplekslari, shuningdek, "Sergeli", "Farhod", "Qo‘yliq", "Aviasozlar", "Navro‘z" va "Qoraqamish" bozorlari bor.
Hujjatga ko‘ra, obyektlarni savdoga chiqarish tegishli xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi. Savdo shartlarida zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, ko‘ngilochar majmualar hamda ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etish nazarda tutilgan.
Avvalroq Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov bozorlarni modernizatsiya qilish jarayonida ular yopilmasligini va o‘z vazifasini saqlab qolishini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, investorlar zimmasiga amaldagi tadbirkorlarning ish o‘rinlarini saqlash sharti ham yuklanadi.
Natsionalniy vistavochniy kompleks UzEkspoTSentr, gde proxodit Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom. Sentralnaya Aziya v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
"Turonbank", "O‘zekspomarkaz" va bozorlar: O‘zbekistonda yirik davlat aktivlari sotiladi
Yangiliklar lentasi
0