Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Mirovkani ozod qildi, Kiyev va Odessadagi obyektlarga zarba berdi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishBoyevaya strelba RSZO "Tornado-G" i pushek "Giatsint" v zone SVO
Boyevaya strelba RSZO Tornado-G i pushek Giatsint v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari Mirovkani ozod qildi. Kiyevda harbiy sanoat obyektlari, Odessa viloyatida esa port va yuk kemasi nishonga olindi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiya armiyasining "Sharq" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatidagi Mirovka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Bundan tashqari, Rossiya Qurolli Kuchlari tunda yuqori aniqlikdagi qurollar va zarbdor dronlar yordamida Ukraina harbiy-sanoat korxonalari, transport va port infratuzilmasi obyektlariga yoppasiga zarba berdi.
Kiyevda quyidagi obyektlar nishonga olindi:
"Antonov" aviatsiya korxonasi — uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi dronlar, FP-5 "Flamingo" qanotli raketalari hamda FP-7 va FP-9 tezkor-taktik raketalari ishlab chiqariladigan korxona;
3-sonli sovutish kombinati — samolyot tipidagi dronlar va "Xornet" barrajlovchi o‘q-dorilari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan ombor majmuasi;
dronlar va robototexnika majmualari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasi;
dronlar va ularning reaktiv tezlatgichlari saqlanadigan ombor;
harbiy yuklarni avtomobil va temir yo‘l orqali tashishda foydalaniladigan "Yujniy" ko‘prigi.
Odessa viloyatida xorijdan Ukraina Qurolli Kuchlari uchun yetkazib beriladigan harbiy yuklarni tushirish va saqlashga mo‘ljallangan Kiliya porti infratuzilmasiga zarba berildi.
Shuningdek, dengizda Chernomorsk portiga Ukraina Qurolli Kuchlari ta’minoti uchun yuk olib ketayotgan quruq yuk tashuvchi kema ham nishonga olindi.
Voyennoslujashie Pskovskogo VDV. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Zaporojyeda Chervoniy Yar va Yulyevkani ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0