https://oz.sputniknews.uz/20261021/russia-chervoniy-yar-yulevka-ozod-61377175.html
Rossiya qo‘shinlari Zaporojyeda Chervoniy Yar va Yulyevkani ozod qildi
Rossiya qo‘shinlari Zaporojyeda Chervoniy Yar va Yulyevkani ozod qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatida Chervoniy Yar va Yulyevkani ozod qildi. Bir kun avval Timoshevka ham nazoratga olingan edi. Vzvod komandiri 10 jangchi yomg‘ir ostida 6 km masofani bosib o‘tgan operatsiya tafsilotlarini ochiqladi.
2026-10-21T15:15+0500
2026-10-21T15:15+0500
2026-10-21T15:21+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya mudofaa vazirligi
zaporojye viloyati
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/18/60709303_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f5a513638bca259661c7bbccb682e710.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining "Sharq" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatidagi Chervoniy Yar aholi punktini, "Dnepr" guruhi esa Yulyevkani ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.Bir kun avval, 20-oktabrda Rossiya qo‘shinlari Timoshevkani ham o‘z nazoratiga olgan edi. Shu tariqa, ikki kun ichida Zaporojye viloyatida uchta aholi punkti ozod qilindi.Shuningdek, "Troxa" chaqiruv belgili vzvod komandiri Timoshevkani ozod qilish tafsilotlarini so‘zlab berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 nafar jangchi birin-ketin ochiq maydonni bosib o‘tib, dushman pozitsiyalariga yashirincha yaqinlashgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261020/russia-timoshevka-ozod-61354105.html
zaporojye viloyati
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/18/60709303_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f42cc13a6346b95da2fca8642a5dd599.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, zaporojye viloyati, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, zaporojye viloyati, ukraina
Rossiya qo‘shinlari Zaporojyeda Chervoniy Yar va Yulyevkani ozod qildi
15:15 21.10.2026 (yangilandi: 15:21 21.10.2026) Zaporojyeda ikki kunda uch aholi punkti ozod qilindi. Timoshevkada 10 jangchi 6 kilometrlik ochiq maydondan qanday o‘tgani ham ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining "Sharq" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatidagi Chervoniy Yar aholi punktini, "Dnepr" guruhi esa Yulyevkani ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi.
Bir kun avval, 20-oktabrda Rossiya qo‘shinlari Timoshevkani ham o‘z nazoratiga olgan edi. Shu tariqa, ikki kun ichida Zaporojye viloyatida uchta aholi punkti ozod qilindi.
Shuningdek, "Troxa" chaqiruv belgili vzvod komandiri Timoshevkani ozod qilish tafsilotlarini so‘zlab berdi.
"Oldimizda vazifa bor edi: aholi punktigacha 6 kilometrlik ochiq maydonni, ya’ni dalalarni bosib o‘tishimiz kerak edi. Qishloqning kirish qismida dushmanning tayanch punkti joylashgan bo‘lib, u yerda dron operatorlari va piyoda askarlar bor edi. Tunda kirdik. Yomg‘ir yog‘ayotgani qo‘l keldi, osmon ancha-muncha tinch edi", — dedi "Troxa".
Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 nafar jangchi birin-ketin ochiq maydonni bosib o‘tib, dushman pozitsiyalariga yashirincha yaqinlashgan.
"Shu tariqa 6 kilometrni bosib o‘tdik va asta-sekin daraxtzorga yetib oldik. U yerdan qisqa-qisqa yugurib, tayanch punktiga yaqinlashdik. Shovqin solmay, bildirmasdan kirdik. Ular bizni hatto kutmagan ham ekan, shunchaki choy ichib o‘tirishgan edi. Xullas, shundan keyin ishga kirishib, o‘z vazifamizni bajardik", — deya hikoya qildi vzvod komandiri.