Reja bajarildi: O‘zbekistonda 4,6 mln tonna paxta terildi— 2018-yildagidan ikki baravar ko‘p

© Informatsionnaya slujba "Uzagroinspeksiya" XLOPOK-2024: vpervie v sezone ojidayetsya uchastie okolo 1700 xlopkouborochnix mashin
XLOPOK-2024: vpervie v sezone ojidayetsya uchastie okolo 1700 xlopkouborochnix mashin
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 22-oktabrgacha 4,63 mln tonna paxta yig‘ib olindi. Reja 103 foizga bajarildi, ammo terim hali ham davom etmoqda.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 4 million 630 ming tonna paxta xomashosi yig‘ib olindi. Bu joriy yil uchun belgilangan 4,5 million tonnalik rejaning 103 foizini tashkil etadi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hosilning asosiy qismi — 3 million 515 ming tonnadan ortig‘i qariyb 3 mingta zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olindi. Mamlakat bo‘yicha mexanizatsiyalashgan terim ulushi 76 foizga yetdi.
Xususan, Jizzax viloyatida hosilning 98,5 foizi, Sirdaryoda 94,2 foizi, Toshkent viloyatida esa 81,2 foizi mashinalar yordamida terib olingan.
Taqqoslash uchun, 2025-yilda 875 ming gektar maydondan qariyb 4 million tonna paxta olingan. Demak, joriy mavsumda yig‘ib olingan hosil o‘tgan yilgi natijadan taxminan 630 ming tonnaga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekistonda 2,286 million tonna paxta xomashosi yetishtirilgan.
Joriy yilning 22-oktabriga kelib esa yig‘ib olingan hosil ushbu ko‘rsatkichdan ikki baravar, 2024-yildagidan esa qariyb 58 foiz ko‘p bo‘ldi. Shu davrda paxta maydonlari 1,1 million gektardan 889,5 ming gektargacha qisqargan.
Ayni paytda paxta terimi hali yakunlangani yo‘q. Mamlakat bo‘yicha 49 ming gektardan ziyod maydonda birinchi terim ishlari davom etmoqda.
Paxta terimida qaysi hudud yetakchilik qilmoqda? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2026
Surxondaryo viloyati paxta rejasini bajardi
Yangiliklar lentasi
0