https://oz.sputniknews.uz/20261016/surxondaryo-viloyati-paxta-terish-rejasini-bajardi-61254960.html
Surxondaryo viloyati paxta rejasini bajardi
Surxondaryo viloyati paxta rejasini bajardi
Sputnik O‘zbekiston
Respublika bo‘yicha hozirga qadar jami 3,4 million tonna paxta xom-ashyosi yoki rejadagi ko‘rsatkichning 76 foizi yig‘ib olindi. 16.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-16T17:36+0500
2026-10-16T17:36+0500
2026-10-16T18:01+0500
infografika
paxta
surxondaryo
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/10/61254434_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_85247629d60c455bee1805b6ad7d8aa1.png
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Surxondaryo viloyati O‘zbekistonda birinchibo‘lib paxta terimi rejasini bajardi. 2026-yil 12-oktabr holatiga ko‘ra, viloyatda 330,3 ming tonna paxta xom-ashyosi yig‘ib olinib, reja 101 foizga bajarildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi Dilshod Nazirov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Mamlakat bo‘yicha, hozirga qadar jami 3,4 million tonna paxta xomashosi yig‘ib olindi. Bu fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun belgilangan 4,5 million tonnali shartnomaviy ko‘rsatkichning 76 foizini tashkil etadi.Yig‘ib olingan hosilning 848 ming tonnasi qo‘l terimi orqali, 2,6 million tonnasi esa paxta terish mashinalari yordamida yig‘ib olindi. Shunday qilib, jami hosilning qariyb 75 foizi mexanizatsiyalashgan terim hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.Ayni paytda terim jarayonlariga qariyb 3 mingta yuqori unumli paxta terish mashinasi jalb etilgan. Joriy yilda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga lizing asosida 1 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yetkazib berilgan.12 oktabr kuni paxta terish mashinalari yordamida 147 ming tonna paxta xomashosi terib olindi. Bir kunda bitta mashinaga o‘rtacha 50 tonnadan hosil to‘g‘ri keldi.Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hududlarda reja bajarilishi ko‘rsatkichlari ekin maydonlari, iqlim sharoitlari va boshqa omillarga bog‘liq. Shu sababli ushbu ko‘rsatkichlar hududlardagi ish samaradorligini bevosita aks ettirmaydi.
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/10/61254434_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_bef5053ef09962c1ee1cd577fa18978d.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
infografika, paxta, surxondaryo, iqtisod, infografika
infografika, paxta, surxondaryo, iqtisod, infografika
Surxondaryo viloyati paxta rejasini bajardi
17:36 16.10.2026 (yangilandi: 18:01 16.10.2026) Eksklyuziv
Respublika bo‘yicha hozirga qadar jami 3,4 million tonna paxta xom-ashyosi yoki rejadagi ko‘rsatkichning 76 foizi yig‘ib olindi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Surxondaryo viloyati O‘zbekistonda birinchibo‘lib paxta terimi rejasini bajardi. 2026-yil 12-oktabr holatiga ko‘ra, viloyatda 330,3 ming tonna paxta xom-ashyosi yig‘ib olinib, reja 101 foizga bajarildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi Dilshod Nazirov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Mamlakat bo‘yicha, hozirga qadar jami 3,4 million tonna paxta xomashosi yig‘ib olindi. Bu fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun belgilangan 4,5 million tonnali shartnomaviy ko‘rsatkichning 76 foizini tashkil etadi.
Reja bajarilishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Xorazm viloyati 96,9 foiz (350,8 ming tonna), uchinchi o‘rinda esa Sirdaryo viloyati 89,3 foiz (348,3 ming tonna) ko‘rsatkich bilan bormoqda.
Yig‘ib olingan hosilning 848 ming tonnasi qo‘l terimi orqali, 2,6 million tonnasi esa paxta terish mashinalari yordamida yig‘ib olindi. Shunday qilib, jami hosilning qariyb 75 foizi mexanizatsiyalashgan terim hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ayni paytda terim jarayonlariga qariyb 3 mingta yuqori unumli paxta terish mashinasi jalb etilgan. Joriy yilda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga lizing asosida 1 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yetkazib berilgan.
12 oktabr kuni paxta terish mashinalari yordamida 147 ming tonna paxta xomashosi terib olindi. Bir kunda bitta mashinaga o‘rtacha 50 tonnadan hosil to‘g‘ri keldi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hududlarda reja bajarilishi ko‘rsatkichlari ekin maydonlari, iqlim sharoitlari va boshqa omillarga bog‘liq. Shu sababli ushbu ko‘rsatkichlar hududlardagi ish samaradorligini bevosita aks ettirmaydi.