https://oz.sputniknews.uz/20261022/qashqadaryo-ozgarish-61402076.html
Yangi Qarshi, ichimlik suvi, turizm va yo‘llar: Qashqadaryoda nimalar o‘zgaradi?
Yangi Qarshi, ichimlik suvi, turizm va yo‘llar: Qashqadaryoda nimalar o‘zgaradi?
Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi barpo etiladi. Shuningdek, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni rekonstruksiya qilish, yangi elektr quvvatlari, kasbiy ta’lim va turizmni rivojlantirish rejalari ma’lum qilindi
2026-10-22T14:41+0500
2026-10-22T14:41+0500
2026-10-22T14:41+0500
qashqadaryo viloyati
shavkat mirziyoyev
qarshi
ta’lim
turizm
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61401656_0:125:2560:1565_1920x0_80_0_0_23520985607d3f26000d67db5e75a3b1.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda yangi shahar qurish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha vazifalarni belgiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi QarshiQashqadaroda yangi uy-joylarga talab oshib borayotgani inobatga olinib, Qarshi shahri, Ko‘kdala va Qarshi tumani chegarasidagi 5 ming gektar maydonda Yangi Qarshi shahri barpo etiladi. U 500 ming aholiga mo‘ljallanadi.Shuningdek, Qarshi tumanidagi kanal bo‘yida 235 gektarlik "Yangi Nasaf" ekomajmuasi qurilishi boshlanadi.Nufuzli arxitektura kompaniyalarini jalb qilgan holda ikki oyda yangi hududlarning bosh rejasi ishlab chiqiladi. Buning uchun dastlab 20 milliard so‘m ajratiladi.1,25 million aholi uchun suv loyihalariYig‘ilishda ichimlik suvi ta’minoti viloyatning eng dolzarb muammolaridan biri ekani ta’kidlandi.Joriy yil ajratilgan 1 trillion so‘m hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmog‘i hamda 43 ta inshoot qurilishini ikki oyda yakunlash topshirildi. Natijada 200 ming aholi toza ichimlik suviga ega bo‘ladi.Hisorak suv omboridan Qarshi shahri, Qamashi, G‘uzor va Qarshi tumaniga suv tarmog‘i tortiladi. Loyihani boshlash uchun 100 milliard so‘m ajratilgan, uni amalga oshirishga yana 210 million dollar jalb qilinadi. Bu orqali 350 ming aholini toza suv bilan ta’minlash rejalashtirilgan.Ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini 2027-yil 1-aprelgacha yakunlash va 150 million dollar jalb etish belgilandi.Shu tariqa, uchta yirik yo‘nalish orqali jami 1 million 250 ming aholini qamrab olish ko‘zda tutilmoqda.Yo‘llar va yangi ko‘priklarOsiyo taraqqiyot banki ishtirokida A-380 avtomobil yo‘lining Qashqadaryodan o‘tuvchi 100 kilometr qismi rekonstruksiya qilinadi. Loyiha qiymati 350 million dollar.Qarshi shahrining aylanma yo‘li yana 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Texnik-iqtisodiy asoslarni yil yakunigacha tayyorlash va 2027-yil yanvaridan qurilishni boshlash topshirildi.Shuningdek, "Qarshi – Pomuq" va "G‘uzor – Beynau" yo‘llaridagi temir yo‘l kesishmalarida tirbandliklarni kamaytirish uchun ikkita zamonaviy yo‘l o‘tkazgich quriladi. Yangi elektr stansiyalariBirlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi 2027-yilda Qashqadaryoda 300 megavattli quyosh elektr stansiyasi va 75 megavattli energiya saqlash quvvatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 250 million dollar.Qarshi tumanida xitoylik hamkor ishtirokida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 45 megavattli loyiha ham yakunlanmoqda.Elektr ta’minotini yaxshilash uchun Nishon va Ko‘kdalada 70 million dollarlik ikkita yirik podstansiya quriladi. Tolimarjon – So‘g‘diyona yo‘nalishida esa 150 million dollar hisobidan 245 kilometr yangi elektr tarmog‘i barpo etiladi. Ushbu ishlar 2027-yilda yakunlanishi belgilandi.Maktablar, texnikumlar va Germaniyada ishlash imkoniyatlariPrezident Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi tajribasini kengaytirish vazifasini qo‘ydi.Mazkur texnikumning 32 nafar ustasi Germaniyada malaka oshirgan. Ular hozir viloyatdagi 57 ta texnikum o‘qituvchilariga o‘z bilimlarini yetkazmoqda.Har yili 10–11-sinflarning 2,5 ming nafar o‘quvchisi bu yerda kasb o‘rganib, maktab attestati bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi. Germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga 1,5 ming yoshga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda.Endi tumanlardagi maktab o‘quvchilarini mazkur texnikum va yangicha metodika asosida ishlayotgan 57 ta ta’lim muassasasiga jalb qilish tartibi ishlab chiqiladi.Shuningdek, 2027-yildan Qashqadaryoning barcha tumanlarida bittadan maktabda aniq fanlarni xorijiy tilda o‘qitish boshlanadi.Yil yakunigacha har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochiladi. Har yili mart oyida o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkazilib, birinchi o‘rin uchun 30 million, ikkinchi o‘rin uchun 20 million va uchinchi o‘rin uchun 10 million so‘m mukofot beriladi.Turizm: oltita qishloq va 50 million dollarViloyatga yil boshidan 2,5 million sayyoh tashrif buyurgan. Birgina G‘elon qishlog‘iga kelganlar soni 500 mingga yetgan.Shuningdek, Chiroqchidagi Tarag‘ay, Kitobdagi Bashir va Yakkabog‘dagi Tatar qishloqlarini etnoturizm markazlariga aylantirish, Shahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtushar qishloqlarida rafting hamda sport turizmini rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.Mas’ullarga ushbu oltita qishloq bo‘yicha bir oyda master-reja tayyorlab, 2027-yil 1-martdan 50 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.Har bahor G‘uzorda "Lola va kabob", Ko‘kdalada esa "Chiyal yaxna" gastronomik festivallari o‘tkaziladi.Qishloq xo‘jaligi va mahallalarQashqadaryo qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha 200 ming kishining daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.Jahon banki bilan hamkorlikda Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovda dronlar yordamida qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli ozuqa ekinlari yetishtirish boshlanadi.Kosmik ma’lumotlar asosida viloyatda xo‘jalik foydalanishiga kiritish mumkin bo‘lgan yana 30 ming gektar yer aniqlangan. Shuningdek, ijaraga berilgan 22 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar, issiqxonalar va yuqori daromadli ekinlar yetishtirish belgilandi.Qamashi tumanidagi Chim mahallasi tajribasi ham kengaytiriladi. Bu yerda maktab, bog‘cha, poliklinika, yoshlar markazi va sport majmuasi tashkil etilgan bo‘lib, mahallada kambag‘al oila va ishsiz aholi qolmagani ta’kidlandi.Prezident 2027-yilgi Mustaqillik bayramigacha har bir tumanda ushbu tajriba asosida ikkitadan zamonaviy mahalla markazini tashkil etish vazifasini qo‘ydi.Viloyatda ko‘kalamzorlashtirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Har yili Navro‘z arafasida "Eng yashil mahalla" tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga elektromobil va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261022/qashqadaryo-loyihalar-dastur-61398945.html
qashqadaryo viloyati
qarshi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61401656_0:0:2276:1706_1920x0_80_0_0_7e7cd55b766533e3d33e1f49152f957d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qashqadaryo viloyati, shavkat mirziyoyev, qarshi, ta’lim, turizm, suv
qashqadaryo viloyati, shavkat mirziyoyev, qarshi, ta’lim, turizm, suv
Yangi Qarshi, ichimlik suvi, turizm va yo‘llar: Qashqadaryoda nimalar o‘zgaradi?
Qashqadaryoda 500 ming kishilik Yangi Qarshi shahri quriladi. Viloyatda ichimlik suvi, yo‘llar va ta’lim bo‘yicha rejalar belgilandi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda yangi shahar qurish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha vazifalarni belgiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi
Qashqadaryoda yangi uy-joylarga talab oshib borayotgani inobatga olinib, Qarshi shahri, Ko‘kdala va Qarshi tumani chegarasidagi 5 ming gektar maydonda Yangi Qarshi shahri barpo etiladi. U 500 ming aholiga mo‘ljallanadi.
Shuningdek, Qarshi tumanidagi kanal bo‘yida 235 gektarlik "Yangi Nasaf" ekomajmuasi qurilishi boshlanadi.
Nufuzli arxitektura kompaniyalarini jalb qilgan holda ikki oyda yangi hududlarning bosh rejasi ishlab chiqiladi. Buning uchun dastlab 20 milliard so‘m ajratiladi.
1,25 million aholi uchun suv loyihalari
Yig‘ilishda ichimlik suvi ta’minoti viloyatning eng dolzarb muammolaridan biri ekani ta’kidlandi.
Joriy yil ajratilgan 1 trillion so‘m hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmog‘i hamda 43 ta inshoot qurilishini ikki oyda yakunlash topshirildi. Natijada 200 ming aholi toza ichimlik suviga ega bo‘ladi.
Hisorak suv omboridan Qarshi shahri, Qamashi, G‘uzor va Qarshi tumaniga suv tarmog‘i tortiladi. Loyihani boshlash uchun 100 milliard so‘m ajratilgan, uni amalga oshirishga yana 210 million dollar jalb qilinadi. Bu orqali 350 ming aholini toza suv bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Nishon, Kasbi, Mirishkor, Muborak va Qarshi tumanidagi 700 ming aholining suv ta’minotini yaxshilash uchun Tolimarjon – Muborak suv tizimi rekonstruksiya qilinadi.
Ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini 2027-yil 1-aprelgacha yakunlash va 150 million dollar jalb etish belgilandi.
Shu tariqa, uchta yirik yo‘nalish orqali jami 1 million 250 ming aholini qamrab olish ko‘zda tutilmoqda.
Yo‘llar va yangi ko‘priklar
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida A-380 avtomobil yo‘lining Qashqadaryodan o‘tuvchi 100 kilometr qismi rekonstruksiya qilinadi. Loyiha qiymati 350 million dollar.
Qarshi shahrining aylanma yo‘li yana 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Texnik-iqtisodiy asoslarni yil yakunigacha tayyorlash va 2027-yil yanvaridan qurilishni boshlash topshirildi.
Shuningdek, "Qarshi – Pomuq" va "G‘uzor – Beynau" yo‘llaridagi temir yo‘l kesishmalarida tirbandliklarni kamaytirish uchun ikkita zamonaviy yo‘l o‘tkazgich quriladi.
Yangi elektr stansiyalari
Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi 2027-yilda Qashqadaryoda 300 megavattli quyosh elektr stansiyasi va 75 megavattli energiya saqlash quvvatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 250 million dollar.
Qarshi tumanida xitoylik hamkor ishtirokida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 45 megavattli loyiha ham yakunlanmoqda.
Elektr ta’minotini yaxshilash uchun Nishon va Ko‘kdalada 70 million dollarlik ikkita yirik podstansiya quriladi. Tolimarjon – So‘g‘diyona yo‘nalishida esa 150 million dollar hisobidan 245 kilometr yangi elektr tarmog‘i barpo etiladi. Ushbu ishlar 2027-yilda yakunlanishi belgilandi.
Maktablar, texnikumlar va Germaniyada ishlash imkoniyatlari
Prezident Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi tajribasini kengaytirish vazifasini qo‘ydi.
Mazkur texnikumning 32 nafar ustasi Germaniyada malaka oshirgan. Ular hozir viloyatdagi 57 ta texnikum o‘qituvchilariga o‘z bilimlarini yetkazmoqda.
Har yili 10–11-sinflarning 2,5 ming nafar o‘quvchisi bu yerda kasb o‘rganib, maktab attestati bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi. Germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga 1,5 ming yoshga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda.
Prezidentning ma’lum qilishicha, texnikumning dastlabki bitiruvchilariga Yevropada oyiga 3–5 ming yevro maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Endi tumanlardagi maktab o‘quvchilarini mazkur texnikum va yangicha metodika asosida ishlayotgan 57 ta ta’lim muassasasiga jalb qilish tartibi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 2027-yildan Qashqadaryoning barcha tumanlarida bittadan maktabda aniq fanlarni xorijiy tilda o‘qitish boshlanadi.
Yil yakunigacha har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochiladi. Har yili mart oyida o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkazilib, birinchi o‘rin uchun 30 million, ikkinchi o‘rin uchun 20 million va uchinchi o‘rin uchun 10 million so‘m mukofot beriladi.
Turizm: oltita qishloq va 50 million dollar
Viloyatga yil boshidan 2,5 million sayyoh tashrif buyurgan. Birgina G‘elon qishlog‘iga kelganlar soni 500 mingga yetgan.
Tatariston bilan hamkorlikda G‘elondagi tog‘-chang‘i kurortining birinchi bosqichini 2027-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Chiroqchidagi Tarag‘ay, Kitobdagi Bashir va Yakkabog‘dagi Tatar qishloqlarini etnoturizm markazlariga aylantirish, Shahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtushar qishloqlarida rafting hamda sport turizmini rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
Mas’ullarga ushbu oltita qishloq bo‘yicha bir oyda master-reja tayyorlab, 2027-yil 1-martdan 50 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.
Har bahor G‘uzorda "Lola va kabob", Ko‘kdalada esa "Chiyal yaxna" gastronomik festivallari o‘tkaziladi.
Qishloq xo‘jaligi va mahallalar
Qashqadaryo qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha 200 ming kishining daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.
Jahon banki bilan hamkorlikda Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovda dronlar yordamida qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli ozuqa ekinlari yetishtirish boshlanadi.
Kosmik ma’lumotlar asosida viloyatda xo‘jalik foydalanishiga kiritish mumkin bo‘lgan yana 30 ming gektar yer aniqlangan. Shuningdek, ijaraga berilgan 22 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar, issiqxonalar va yuqori daromadli ekinlar yetishtirish belgilandi.
Mavjud sug‘orish tizimini yaxshilash uchun 2027-yilda 265 kilometr kanal betonlashtirilib, 20 ta nasos yangilanadi. Shu yili 75 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi.
Qamashi tumanidagi Chim mahallasi tajribasi ham kengaytiriladi. Bu yerda maktab, bog‘cha, poliklinika, yoshlar markazi va sport majmuasi tashkil etilgan bo‘lib, mahallada kambag‘al oila va ishsiz aholi qolmagani ta’kidlandi.
Prezident 2027-yilgi Mustaqillik bayramigacha har bir tumanda ushbu tajriba asosida ikkitadan zamonaviy mahalla markazini tashkil etish vazifasini qo‘ydi.
Viloyatda ko‘kalamzorlashtirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Har yili Navro‘z arafasida "Eng yashil mahalla" tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga elektromobil va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.