https://oz.sputniknews.uz/20261022/qashqadaryo-loyihalar-dastur-61398945.html
Qashqadaryoda 20 mlrd dollarlik loyihalar va 50 ming ish o‘rni uchun dastur tayyorlanadi
Qashqadaryoda 20 mlrd dollarlik loyihalar va 50 ming ish o‘rni uchun dastur tayyorlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Qashqadaryoda 20 milliard dollarlik loyihalar va 50 ming ish o‘rniga qaratilgan uch yillik dastur tayyorlashni topshirdi. GTL zavodi, neft-kimyo, kaliy ishlab chiqarish va sanoat klasterlari rejalari ma’lum qilindi.
2026-10-22T12:38+0500
2026-10-22T12:38+0500
2026-10-22T12:38+0500
shavkat mirziyoyev
iqtisod
qashqadaryo viloyati
investitsiya
qazilma boyliklari
gaz
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61398499_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_ea189932531e7bc9ca6d1cdfe813157c.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda 20 mlrd dollarlik loyihalar va 50 ming ish o‘rnini qamrab oladigan uch yillik dastur tayyorlashni topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu vazifa viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda loyiha menejeri va boshqa mas’ullar zimmasiga yuklatildi.Jumladan, GTL zavodida umumiy qiymati 300 mln dollar bo‘lgan uchta yirik loyiha tayyor. Korxonadan olinadigan 430 ming tonna nafta negizida yangi polimer va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 1,5 mlrd dollarlik loyihani amalga oshirish imkoniyati bor.Dehqonobod kaliy zavodining ishlab chiqarish quvvatini yiliga 365 ming tonnadan 600 ming tonnaga oshirish mumkin. Kichik tonnajli kimyo sanoatida esa umumiy qiymati 830 mln dollarlik 30 dan ortiq loyiha taklifi mavjud.Prezident yirik korxonalar atrofida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradigan kooperatsiya zanjirlarini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.Ularning infratuzilmasi uchun dastlab 250 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.Shuningdek, Xitoyning “FM World” korxonasida yig‘ilayotgan traktor va qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirish hamda agrodronlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni boshlash vazifasi qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20261021/qashqadaryo-loyiha-61378745.html
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61398499_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_d328ea140e085e58984792097ec0b6ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, iqtisod, qashqadaryo viloyati, investitsiya, qazilma boyliklari, gaz, elektr energiyasi
shavkat mirziyoyev, iqtisod, qashqadaryo viloyati, investitsiya, qazilma boyliklari, gaz, elektr energiyasi
Qashqadaryoda 20 mlrd dollarlik loyihalar va 50 ming ish o‘rni uchun dastur tayyorlanadi
Qashqadaryoda oltita sanoat klasteri va erkin iqtisodiy zona filiallari ochiladi. GTL zavodida esa uchta yirik loyiha tayyor.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda 20 mlrd dollarlik loyihalar va 50 ming ish o‘rnini qamrab oladigan uch yillik dastur tayyorlashni topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Bu vazifa viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda loyiha menejeri va boshqa mas’ullar zimmasiga yuklatildi.
Davlat rahbari gaz, elektr energiyasi va yer osti boyliklarini yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar hamda daromadli ish o‘rinlariga aylantirish zarurligini ta’kidladi.
Jumladan, GTL zavodida umumiy qiymati 300 mln dollar bo‘lgan uchta yirik loyiha tayyor. Korxonadan olinadigan 430 ming tonna nafta negizida yangi polimer va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 1,5 mlrd dollarlik loyihani amalga oshirish imkoniyati bor.
Dehqonobod kaliy zavodining ishlab chiqarish quvvatini yiliga 365 ming tonnadan 600 ming tonnaga oshirish mumkin. Kichik tonnajli kimyo sanoatida esa umumiy qiymati 830 mln dollarlik 30 dan ortiq loyiha taklifi mavjud.
Prezident yirik korxonalar atrofida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradigan kooperatsiya zanjirlarini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.
Yil yakunigacha G‘uzor, Sho‘rtan, Muborak, Dehqonobod va Nishonda oltita sanoat klasteri, Sho‘rtan, Muborak, Yakkabog‘ va Kosonda esa "Qashqadaryo" erkin iqtisodiy zonasining filiallarini tashkil etish belgilandi.
Ularning infratuzilmasi uchun dastlab 250 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Shuningdek, Xitoyning “FM World” korxonasida yig‘ilayotgan traktor va qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirish hamda agrodronlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni boshlash vazifasi qo‘yildi.