Mirziyoyev kreditlashdagi ortiqcha talablarni bekor qilishni topshirdi

© iStock / KorrawinJenshina perebirayet bumagi
Jenshina perebirayet bumagi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Obuna bo‘lish
Prezident kredit olishdagi ortiqcha talablarni bekor qilishni topshirdi. 102 turdagi hujjatning 22 tasi esa kreditga aloqasiz.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda banklar tomonidan kredit ajratishdagi ortiqcha burokratik talablarni qisqartirish vazifasini qo‘ydi.
Qayd etilishicha, hozir kreditlash jarayonida 102 turdagi hujjat talab qilinadi. Ularning 53 tasiga oid ma’lumotlar axborot tizimlarida allaqachon mavjud, yana 22 turdagi hujjatning kreditga aloqasi yo‘q.
Prezident ushbu ortiqcha talablarni bekor qilishni topshirdi.
Yig‘ilishda banklar aholi va tadbirkorlarning loyihalariga mablag‘ yetkazishda amaliy natija ko‘rsatishi zarurligi ta’kidlandi.
Kredit ajratishda faqat garovga emas, balki korxonaning haqiqiy pul oqimi va aniq buyurtmalariga ham e’tibor qaratish kerakligi bildirildi.
Bunday yondashuv avval Andijon viloyatida muhokama qilingan. O‘shanda kreditlashni pul oqimi va buyurtmalarga bog‘lash uchun 20 ta yangi moliyaviy mahsulot yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Endi mazkur yondashuv Qashqadaryoda ham natija berishi kerak.
Xususan, Andijondagi yig‘ilishda 500 million so‘mgacha bo‘lgan loyihalar uchun biznes-reja talab qilmaslik, kichik tadbirkorning yirik buyurtmachi bilan uzoq muddatli shartnomasini kredit garovi sifatida qabul qilish vazifalari ham belgilangan edi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, banklar faoliyati yangi mahsulotlar soni bilan emas, ular orqali mablag‘ olgan korxonalar va biznesning o‘sishi bilan baholanadi.
Prezident oboznachil prioriteti po vivodu predprinimatelstva na noviy uroven  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Tadbirkorlar uchun kredit yengilliklari, imtiyozlar va tekshiruvlarga moratoriy e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0