https://oz.sputniknews.uz/20260818/tadbirkor-tekshiruv-moratoriy-59779386.html
Tadbirkorlar uchun kredit yengilliklari, imtiyozlar va tekshiruvlarga moratoriy e’lon qilindi
Tadbirkorlar uchun kredit yengilliklari, imtiyozlar va tekshiruvlarga moratoriy e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda biznes uchun yangi choralar: 5 mlrd so‘mgacha onlayn kredit, II xarajatining 50 foizini qoplash, eksportga $1 mlrd va kichik biznes tekshiruvlariga uch yillik moratoriy.
2026-08-18T16:44+0500
2026-08-18T16:44+0500
2026-08-18T16:46+0500
shavkat mirziyoyev
soliq
tadbirkor
turizm
eksport
jarima
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/12/59778610_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_4a53a0927c08a7e8410e11cdb63d3fd9.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda biznesni qo‘llab-quvvatlashning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha yangi tashabbuslar e’lon qilindi.5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn olish mumkin bo‘ladiKichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi. “Kredit xizmatlari yagona raqamli portali”da tadbirkor bitta ariza orqali turli banklarning takliflarini olishi mumkin bo‘ladi.Biznesni endi boshlayotgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.Biznesning turli bosqichlari uchun uchta dastur ishga tushiriladi:“Biznes start” doirasida sun’iy intellekt yordamida loyiha va kredit hujjatlarini tayyorlash, hisobot yuritish bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, tayyor biznes-reja va 200 million so‘mgacha garovsiz kredit berish yo‘lga qo‘yiladi.Kichik biznes uchun “kontr-kafolat” tizimi ham joriy etiladi. 10 milliard so‘mgacha kredit olishda tadbirkor kredit qiymatining 25 foizi miqdorida garov taqdim etsa kifoya bo‘ladi.Davlat aktivlari uchun avans ikki barobar kamayadiDavlat aktivini sotib olishda talab qilinadigan avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi. Tadbirkor aktiv qiymatining yarmini to‘laganidan keyin qolgan qismini yetti yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.Banklar balansidagi qiymati 9 trln so‘m bo‘lgan 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.Elektr energiyasi va gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov talabi ham yumshatiladi. ASKUE va ASKUG tizimlariga ulangan hamda to‘lov intizomiga rioya qilgan korxonalar uchun avans 15 foiz qilib belgilanadi.Sun’iy intellekt xarajatining yarmi qoplab beriladi“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi ishga tushiriladi.Dastur doirasida korxonalarning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun qilgan xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Yangi mahsulot modellarini yaratishda tadbirkorlarga superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi.Mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqish bo‘yicha akseleratsiya dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi. Har yili 50 ta yirik korxonani IPOga tayyorlash rejalashtirilgan.Yirik investitsiya loyihalarida kadr tayyorlash komponenti majburiy bo‘ladi. Urganchda joriy etilgan tajriba barcha hududlarga tatbiq qilinib, 1 mln yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatish maqsad qilingan.Eksportchilarga kamida 1 mlrd dollarTashqi bozorlarga chiqishda tadbirkorlarga kompleks xizmat ko‘rsatadigan “Eksport navigator” tizimi tashkil etiladi.Tadbirkorlarning xorijiy brendmeykerlarni jalb qilish, milliy brendlarni tashqi bozorda targ‘ib etish, marketpleyslar va xalqaro tenderlarda ishtirok etish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida 1 mlrd dollar yo‘naltiriladi.Asosiy va istiqbolli tashqi bozorlarda “eksport elchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Eksport bo‘yicha valyuta tushumini olib kirish muddatlari uzaytirilib, ayrim cheklovlar bekor qilinadi.Kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriyKichik biznesda inson salomatligi va boshqa tadbirkorlar manfaatlariga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha tekshiruvlarga uch yil muddatga moratoriy joriy etiladi.Ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tgan o‘rta va yirik korxonalar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etsa, ularga jarima qo‘llanmaydi.Barcha turdagi jarimalar miqdorini o‘rtacha ikki barobar kamaytirish belgilandi.Davlat xizmatlarining yarmi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi, ya’ni belgilangan muddatda vakolatli organ javob bermasa, tadbirkorning arizasi ma’qullangan deb hisoblanadi. 30 tadan ortiq faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddatlari qisqartiriladi.Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish uchun talab qilinadigan bir nechta hujjat o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” joriy etiladi.Mehmonxonalar uchun 50 mln dollarMehmonxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 mln dollar resurs ajratiladi.Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar esa 2030-yilgacha amal qiladi.Turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga ko‘rsatgan xizmatlari eksportga tenglashtiriladi. Turistik avtobus va elektrobuslarni import qilish bo‘yicha imtiyozlar ham saqlab qolinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260818/mirziyoev-tadbirkorlar-muloqot-59772727.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/12/59778610_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_1f6830be83c6060a042e1020a00ec803.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, soliq, tadbirkor, turizm, eksport, jarima, sun’iy intellekt
shavkat mirziyoyev, soliq, tadbirkor, turizm, eksport, jarima, sun’iy intellekt
Tadbirkorlar uchun kredit yengilliklari, imtiyozlar va tekshiruvlarga moratoriy e’lon qilindi
16:44 18.08.2026 (yangilandi: 16:46 18.08.2026) Xivada tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda biznesni moliyalashtirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash va ma’muriy bosimni kamaytirish bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda biznesni qo‘llab-quvvatlashning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha yangi tashabbuslar
e’lon qilindi.
5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn olish mumkin bo‘ladi
Kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi. “Kredit xizmatlari yagona raqamli portali”da tadbirkor bitta ariza orqali turli banklarning takliflarini olishi mumkin bo‘ladi.
Biznesni endi boshlayotgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.
Biznesning turli bosqichlari uchun uchta dastur ishga tushiriladi:
yangi tadbirkorlar uchun – “Biznes start”;
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun – “Biznes lift”;
yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun – “Biznes yuksalish”.
“Biznes start” doirasida sun’iy intellekt yordamida loyiha va kredit hujjatlarini tayyorlash, hisobot yuritish bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, tayyor biznes-reja va 200 million so‘mgacha garovsiz kredit berish yo‘lga qo‘yiladi.
Kichik biznes uchun “kontr-kafolat” tizimi ham joriy etiladi. 10 milliard so‘mgacha kredit olishda tadbirkor kredit qiymatining 25 foizi miqdorida garov taqdim etsa kifoya bo‘ladi.
Davlat aktivlari uchun avans ikki barobar kamayadi
Davlat aktivini sotib olishda talab qilinadigan avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi. Tadbirkor aktiv qiymatining yarmini to‘laganidan keyin qolgan qismini yetti yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.
Auksionga chiqariladigan yer uchastkalari qurilish uchun zarur hujjatlar bilan birga “tayyor paket” shaklida savdoga qo‘yiladi.
Banklar balansidagi qiymati 9 trln so‘m bo‘lgan 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.
Elektr energiyasi va gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov talabi ham yumshatiladi. ASKUE va ASKUG tizimlariga ulangan hamda to‘lov intizomiga rioya qilgan korxonalar uchun avans 15 foiz qilib belgilanadi.
Sun’iy intellekt xarajatining yarmi qoplab beriladi
“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi ishga tushiriladi.
Dastur doirasida korxonalarning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun qilgan xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Yangi mahsulot modellarini yaratishda tadbirkorlarga superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi.
Birinchi bosqichning o‘ziga kamida 100 mln dollar ajratiladi.
Mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqish bo‘yicha akseleratsiya dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi. Har yili 50 ta yirik korxonani IPOga tayyorlash rejalashtirilgan.
Yirik investitsiya loyihalarida kadr tayyorlash komponenti majburiy bo‘ladi. Urganchda joriy etilgan tajriba barcha hududlarga tatbiq qilinib, 1 mln yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatish maqsad qilingan.
Eksportchilarga kamida 1 mlrd dollar
Tashqi bozorlarga chiqishda tadbirkorlarga kompleks xizmat ko‘rsatadigan “Eksport navigator” tizimi tashkil etiladi.
Xorijda talab yuqori bo‘lgan 100 ta mahsulot ro‘yxati shakllantiriladi. Har bir mahsulot uchun tashqi bozor, tariflar va logistika bo‘yicha tayyor yechimlar ishlab chiqiladi.
Tadbirkorlarning xorijiy brendmeykerlarni jalb qilish, milliy brendlarni tashqi bozorda targ‘ib etish, marketpleyslar va xalqaro tenderlarda ishtirok etish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida 1 mlrd dollar yo‘naltiriladi.
Asosiy va istiqbolli tashqi bozorlarda “eksport elchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Eksport bo‘yicha valyuta tushumini olib kirish muddatlari uzaytirilib, ayrim cheklovlar bekor qilinadi.
Kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy
Kichik biznesda inson salomatligi va boshqa tadbirkorlar manfaatlariga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha tekshiruvlarga uch yil muddatga moratoriy joriy etiladi.
Ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tgan o‘rta va yirik korxonalar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etsa, ularga jarima qo‘llanmaydi.
Barcha turdagi jarimalar miqdorini o‘rtacha ikki barobar kamaytirish belgilandi.
Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” va “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidalari joriy etiladi.
Davlat xizmatlarining yarmi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi, ya’ni belgilangan muddatda vakolatli organ javob bermasa, tadbirkorning arizasi ma’qullangan deb hisoblanadi. 30 tadan ortiq faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddatlari qisqartiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish uchun talab qilinadigan bir nechta hujjat o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” joriy etiladi.
Mehmonxonalar uchun 50 mln dollar
Mehmonxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 mln dollar resurs ajratiladi.
Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar esa 2030-yilgacha amal qiladi.
Turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga ko‘rsatgan xizmatlari eksportga tenglashtiriladi. Turistik avtobus va elektrobuslarni import qilish bo‘yicha imtiyozlar ham saqlab qolinadi.