https://oz.sputniknews.uz/20261022/europe-norozilik-namoyishlar-61409451.html
Yevropani norozilik namoyishlari qamrab oldi: aholi nimadan norozi?
Yevropani norozilik namoyishlari qamrab oldi: aholi nimadan norozi?
Sputnik O‘zbekiston
Fransiyada namoyishlarga cheklovlar kuchaytirilmoqda, Italiyada yuk tashuvchilar noroziligi ta’minotni izdan chiqardi, Gretsiyada minglab odam ko‘chaga chiqdi. Yevropadagi noroziliklarning sabablari.
2026-10-22T19:52+0500
2026-10-22T19:52+0500
2026-10-22T19:52+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
yevropa
tartibsizlik
ommaviy tartibsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61409253_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_9aa6c206bd6b43c932d0a2f1b2bc2f8d.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Yevropaning bir qator davlatlarida so‘nggi kunlarda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Aksiyalarning asosiy sabablari orasida narx-navo oshishi, uy-joy va ta’lim muammolari, shuningdek, hukumatlar siyosatiga norozilik bor.Italiyada oziq-ovqat ta’minoti izdan chiqdiItaliya janubida yonilg‘i narxlari oshishiga qarshi yuk mashinasi haydovchilarining norozilik aksiyalari yo‘llarning to‘silishiga va mahsulot yetkazib berishda uzilishlarga sabab bo‘ldi.Ayrim supermarketlarda peshtaxtalar bo‘shab qoldi, yonilg‘i quyish shoxobchalari va korxonalar faoliyatida qiyinchiliklar yuzaga keldi. 22-oktabr kuni hukumat bilan muzokaralardan so‘ng ayrim hududlarda yo‘l to‘siqlari olib tashlana boshlandi.Bundan tashqari, 17-oktabr kuni Milan, Turin va Bolonya shaharlaridagi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylangan edi.Fransiyada yangi namoyishlarga tayyorgarlik ketmoqdaFransiyada 17-oktabr kuni yashash xarajatlarining oshishi va davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolarga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar ayrim shaharlarda tartibsizliklarga aylandi.22 oktabrda prezident Emmanuel Makron zo‘ravonliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ayrim aksiyalarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirish choralarini ma’lum qildi.Shu bilan birga, talabalar tashkilotlari va "sariq nimchalilar" harakati 24-oktabrda yangi namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Kasaba uyushmalari esa 5-noyabrga umumiy ish tashlash e’lon qilgan.Gretsiyada minglab talaba va o‘qituvchilar ko‘chaga chiqdi21 oktabr kuni Afinada taxminan 10 ming kishi ta’lim tizimiga ko‘proq mablag‘ ajratish, o‘qituvchilar maoshini oshirish va talabalar uchun arzon turar joylar yaratish talablari bilan namoyish o‘tkazdi.Aksiyalar Saloniki, Patras va boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tdi. Ayrim ishtirokchilar Fransiya va Ispaniyadagi namoyishchilarga hamjihatlik bildirdi.Ispaniya va Portugaliyada uy-joy muammosiIspaniyada uy-joy narxlari va ijara haqining qimmatlashishiga qarshi noroziliklar bir necha haftadan buyon davom etmoqda. Madrid markazida namoyishchilar chodirli lager tashkil etgan.Portugaliyada ham uy-joy masalasi asosiy talablardan biriga aylangan. 17-oktabrda Lissabon va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan aksiyalarda ishtirokchilar ish haqi va pensiyalarni oshirishni talab qildi.Belgiya va Albaniyada ham tartibsizliklar kuzatildiBelgiyada talabalar va kasaba uyushmalari ta’lim sohasidagi sharoitlar hamda budjet xarajatlarini qisqartirishga qarshi aksiyalar o‘tkazmoqda.17 oktabr kuni Bryussel va Lej shaharlaridagi namoyishlar paytida politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Qariyb 200 kishi qo‘lga olindi.Albaniyada esa namoyishchilar hukumatdagi korrupsiyaga oid ayblovlar va ijtimoiy muammolarni ko‘tarib, bosh vazir Edi Ramaning iste’fosini talab qilmoqda.19 oktabr kuni Rama norozilik ishtirokchilarini zo‘ravonlikdan voz kechish va hukumat bilan muloqot o‘tkazishga chaqirdi.Slovakiyada hukumatga qarshi namoyish o‘tkazildi17 oktabr kuni Bratislavada muxolifat partiyalari bosh vazir Robert Fitso hukumati siyosatiga qarshi namoyish tashkil etdi.Aksiya ishtirokchilari hukumat faoliyatini tanqid qildi. Bu namoyish boshqa Yevropa davlatlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy aksiyalardan farqli ravishda, asosan ichki siyosiy talablar bilan bog‘liq bo‘ldi.Yevropadagi noroziliklar yagona markazdan boshqarilayotgan harakat emas. Biroq turli mamlakatlardagi namoyishlarni yashash xarajatlarining oshishi, davlat xizmatlari sifati va aholining ijtimoiy himoyaga oid talablari birlashtirib turibdi.
https://oz.sputniknews.uz/20261019/france-ommaviy-tartibsizliklar-61319352.html
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61409253_170:0:2899:2047_1920x0_80_0_0_b716167783eeea05781dc17a2f9d3ba8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, yevropa, tartibsizlik, ommaviy tartibsizlik
dunyo yangiliklari, dunyoda, yevropa, tartibsizlik, ommaviy tartibsizlik
Yevropani norozilik namoyishlari qamrab oldi: aholi nimadan norozi?
Yevropaning kamida sakkiz davlatida norozilik aksiyalari kuzatildi. Ayrimlarida namoyishlar to‘qnashuvlar va ta’minot uzilishlariga olib keldi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Yevropaning bir qator davlatlarida so‘nggi kunlarda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Aksiyalarning asosiy sabablari orasida narx-navo oshishi, uy-joy va ta’lim muammolari, shuningdek, hukumatlar siyosatiga norozilik bor.
Italiyada oziq-ovqat ta’minoti izdan chiqdi
Italiya janubida yonilg‘i narxlari oshishiga qarshi yuk mashinasi haydovchilarining norozilik aksiyalari yo‘llarning to‘silishiga va mahsulot yetkazib berishda uzilishlarga sabab bo‘ldi.
Ayrim supermarketlarda peshtaxtalar bo‘shab qoldi, yonilg‘i quyish shoxobchalari va korxonalar faoliyatida qiyinchiliklar yuzaga keldi. 22-oktabr kuni hukumat bilan muzokaralardan so‘ng ayrim hududlarda yo‘l to‘siqlari olib tashlana boshlandi.
Bundan tashqari, 17-oktabr kuni Milan, Turin va Bolonya shaharlaridagi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylangan edi.
Fransiyada yangi namoyishlarga tayyorgarlik ketmoqda
Fransiyada 17-oktabr kuni yashash xarajatlarining oshishi va davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolarga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar ayrim shaharlarda tartibsizliklarga aylandi.
22 oktabrda prezident Emmanuel Makron zo‘ravonliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ayrim aksiyalarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirish choralarini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, talabalar tashkilotlari va "sariq nimchalilar" harakati 24-oktabrda yangi namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Kasaba uyushmalari esa 5-noyabrga umumiy ish tashlash e’lon qilgan.
Gretsiyada minglab talaba va o‘qituvchilar ko‘chaga chiqdi
21 oktabr kuni Afinada taxminan 10 ming kishi ta’lim tizimiga ko‘proq mablag‘ ajratish, o‘qituvchilar maoshini oshirish va talabalar uchun arzon turar joylar yaratish talablari bilan namoyish o‘tkazdi.
Aksiyalar Saloniki, Patras va boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tdi. Ayrim ishtirokchilar Fransiya va Ispaniyadagi namoyishchilarga hamjihatlik bildirdi.
Ispaniya va Portugaliyada uy-joy muammosi
Ispaniyada uy-joy narxlari va ijara haqining qimmatlashishiga qarshi noroziliklar bir necha haftadan buyon davom etmoqda. Madrid markazida namoyishchilar chodirli lager tashkil etgan.
Portugaliyada ham uy-joy masalasi asosiy talablardan biriga aylangan. 17-oktabrda Lissabon va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan aksiyalarda ishtirokchilar ish haqi va pensiyalarni oshirishni talab qildi.
Belgiya va Albaniyada ham tartibsizliklar kuzatildi
Belgiyada talabalar va kasaba uyushmalari ta’lim sohasidagi sharoitlar hamda budjet xarajatlarini qisqartirishga qarshi aksiyalar o‘tkazmoqda.
17 oktabr kuni Bryussel va Lej shaharlaridagi namoyishlar paytida politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Qariyb 200 kishi qo‘lga olindi.
Albaniyada esa namoyishchilar hukumatdagi korrupsiyaga oid ayblovlar va ijtimoiy muammolarni ko‘tarib, bosh vazir Edi Ramaning iste’fosini talab qilmoqda.
19 oktabr kuni Rama norozilik ishtirokchilarini zo‘ravonlikdan voz kechish va hukumat bilan muloqot o‘tkazishga chaqirdi.
Slovakiyada hukumatga qarshi namoyish o‘tkazildi
17 oktabr kuni Bratislavada muxolifat partiyalari bosh vazir Robert Fitso hukumati siyosatiga qarshi namoyish tashkil etdi.
Aksiya ishtirokchilari hukumat faoliyatini tanqid qildi. Bu namoyish boshqa Yevropa davlatlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy aksiyalardan farqli ravishda, asosan ichki siyosiy talablar bilan bog‘liq bo‘ldi.
Yevropadagi noroziliklar yagona markazdan boshqarilayotgan harakat emas. Biroq turli mamlakatlardagi namoyishlarni yashash xarajatlarining oshishi, davlat xizmatlari sifati va aholining ijtimoiy himoyaga oid talablari birlashtirib turibdi.