Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda avtomobillar erkin harakati uchun elektron pasport qoidalari yangilanadi — Subbotin

© Press-slujba YeEK Ministr po texnicheskomu regulirovaniyu Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii Aleksandr Subbotin
Ministr po texnicheskomu regulirovaniyu Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii Aleksandr Subbotin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIda avtomobil va traktorlarning erkin harakatini yengillashtirish uchun yagona elektron pasport tizimi takomillashtirilmoqda.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida avtomobil va boshqa transport vositalarining erkin harakatlanishini ta’minlash uchun yagona elektron pasport tizimi takomillashtirilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining texnik tartibga solish bo‘yicha vaziri Aleksandr Subbotin ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Uning so‘zlariga ko‘ra, transport vositalarining elektron pasportlarini rasmiylashtirish va ulardan foydalanish qoidalarini takomillashtirish rejasi yaqin orada tasdiqlanadi.
"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkil etilgan paytdayoq barcha transport vositalari — traktordan tortib yengil avtomobilgacha — tashkilot hududida erkin harakatlanishi kerakligi haqida qaror qabul qilingan edi", — dedi Subbotin.
Vazir bunday tizimni yo‘lga qo‘yish uchun yagona elektron transport pasporti zarurligini ta’kidladi.
Hozirda YeOII mamlakatlarida milliy operatorlar tizimlari yaratilgan. Ularning faoliyati Rossiya operatori tomonidan muvofiqlashtirilmoqda. Ayni paytda ushbu tizimlarni yagona mexanizmga birlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Subbotinning aytishicha, Qirg‘iziston elektron pasportlar bo‘yicha rejaga qo‘shimcha bandlar kiritishni taklif qilgan. Ittifoqning barcha a’zolari hujjatni muhokama qilib, takliflarning bir qismini ma’qullagan, ayrimlarini esa rad etgan.
Natijada transport vositalariga elektron pasport rasmiylashtirish tartibini yanada soddalashtirish va aniqlashtirishga xizmat qiladigan yangi hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Elektron transport pasporti avtomobilning texnik ma’lumotlari saqlanadigan raqamli hujjatdir. U transport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarda qo‘llaniladi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Ministr po energetike i infrastrukture YeEK Arzibek Kojoshev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII avtomobil yuk tashuvlarida elektron yukxat e-SMRdan foydalanishni boshladi
Yangiliklar lentasi
0