Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII avtomobil yuk tashuvlarida elektron yukxat e-SMRdan foydalanishni boshladi

© press-slujba YeIKMinistr po energetike i infrastrukture YeEK Arzibek Kojoshev
Ministr po energetike i infrastrukture YeEK Arzibek Kojoshev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2026
Obuna bo‘lish
Loyiha maqsadi — yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan elektron hujjatlarni transchegaraviy almashish texnologiyasini amalda sinab ko‘rish.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. YeOII avtomobil yuk tashuvlarida elektron yukxat (nakladnaya) — e-SMRdan foydalanish boshlandi.
Rossiya va Qozog‘iston orasida xalqaro avtomobil yuk tashuvlarida e-SMRdan foydalanishni boshlash marosimi 15-oktabr kuni Ostonada YeOII transport agentliklari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev e-SMR Ittifoqning raqamli kun tartibidagi flagman loyiha ekanligini va uni amalga oshirish faqat turli sohalardagi mutaxassislarning hamkorligi tufayli amalga oshirilganini ta’kidladi.

“Biz yaqin vaqtgacha uzoq muddatli bo‘lib tuyulgan muammolarni hal qilmoqdamiz: elektron imzolarni o‘zaro tan olish, transchegaraviy formatdagi hujjatlarning huquqiy asosliligi va ishonchli ma’lumotlar almashinuvi muhiti. Bugun biz birinchi amaliy natijalarni ko‘rmoqdamiz –e-SMR yordamida sinov yuk tashish”, - deb ta’kidladi Kojoshev.

Sinov loyihasining asosiy maqsadi xalqaro avtomobil tashish ishtirokchilari va ishonchli uchinchi tomon o‘rtasida elektron imzolardan foydalangan holda yuridik ahamiyatga ega elektron hujjatlarni transchegaraviy almashish texnologiyasini amalda sinab ko‘rishdir.
Tadbir Qozog‘iston transport haftaligi doirasidagi "Yangi Ipak yo‘li" xalqaro biznes forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan qo‘shma ishlab chiqarishlardan manfaatdor – ekspert - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan qo‘shma ishlab chiqarishlardan manfaatdor – ekspert
Yangiliklar lentasi
0