https://oz.sputniknews.uz/20261021/talim-vazirlik-tuzilma-61380470.html
Ta’lim va ilm-fan vazirligining yangi tuzilmasi: nimalar o‘zgaradi?
Ta’lim va ilm-fan vazirligining yangi tuzilmasi: nimalar o‘zgaradi?
Sputnik O‘zbekiston
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Vazirlikda Call-markaz, ota-onalar va pedagoglar ishtirokida jamoatchilik kengashi va strategik tadqiqotlar markazi tashkil etiladi. Ayrim idoralar tugatiladi.
2026-10-21T16:41+0500
2026-10-21T16:41+0500
2026-10-21T16:42+0500
ta’lim
yangi qonun
o‘qituvchilar
jamiyat
o‘zbekiston
o‘quvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45619923_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_8b5505206a1256a341698905dd80b6cb.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha prezidentning 19-oktabrdagi PQ–380-sonli qarori qabul qilindi.Hujjatga ko‘ra, vazirlik ta’lim, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.Vazirlik faoliyatidagi asosiy yangiliklar:Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuziladi.Vazirlik hay’ati 15 nafar a’zodan iborat bo‘ladi. Unga vazir, uning o‘rinbosarlari, agentliklar direktorlari, yetakchi oliygohlar rektorlari, olimlar va pedagoglar kiritiladi.Vazirga 2027-yil 1-fevralgacha markaziy apparat xodimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat asosida ishga qabul qilish vakolati berildi.Eslatib o‘tamiz, 3-oktabrdagi prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20261004/uzbekistan-talim-ilm-fan-vazirlik-60944032.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45619923_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_e027c50522f9574950b0a5efaa2b8367.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim, yangi qonun, o‘qituvchilar, jamiyat, o‘zbekiston, o‘quvchilar
ta’lim, yangi qonun, o‘qituvchilar, jamiyat, o‘zbekiston, o‘quvchilar
Ta’lim va ilm-fan vazirligining yangi tuzilmasi: nimalar o‘zgaradi?
16:41 21.10.2026 (yangilandi: 16:42 21.10.2026) Ta’lim va ilm-fan vazirligida Call-markaz, jamoatchilik kengashi va yangi jamg‘arma tashkil etiladi. Ayrim idoralar faoliyati tugatiladi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha prezidentning 19-oktabrdagi PQ–380-sonli qarori
qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, vazirlik ta’lim, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Vazirlik faoliyatidagi asosiy yangiliklar:
Call-markaz — aholining murojaatlari, shikoyatlari va takliflarini qabul qilish, tezkor ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish uchun autsorsing asosida tashkil etiladi.
Qayta aloqa tizimi — o‘qituvchilar, ota-onalar va boshqa fuqarolar bilan muloqot qilish, ta’lim sifati va tizimdagi muammolar haqida ma’lumot to‘plashga xizmat qiladi.
Ta’lim bo‘yicha jamoatchilik kengashi — vazir huzurida tashkil etiladi. Uning tarkibiga o‘quvchilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va ish beruvchilar vakillari kiritiladi.
Inson kapitalini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Ta’lim va ilm-fan bo‘yicha strategik tadqiqotlar va baholash markazi tashkil etiladi.
Shuningdek, vazirlik tizimida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati nazarda tutilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’limni rivojlantirish markazi esa tugatiladi.
Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuziladi.
Vazirlik hay’ati 15 nafar a’zodan iborat bo‘ladi. Unga vazir, uning o‘rinbosarlari, agentliklar direktorlari, yetakchi oliygohlar rektorlari, olimlar va pedagoglar kiritiladi.
Vazirga 2027-yil 1-fevralgacha markaziy apparat xodimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat asosida ishga qabul qilish vakolati berildi.
Eslatib o‘tamiz, 3-oktabrdagi prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilgan edi.