O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi — tafsilotlar

© SputnikNachalo uchebnogo goda v shkolax Uzbekistana
Nachalo uchebnogo goda v shkolax Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
Obuna bo‘lish
Yangi vazirlik bog‘chadan oliy ta’limgacha bo‘lgan tizimni boshqaradi, sifat agentligi esa dastur va metodikalar uchun javob beradi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limdan oliy ta’lim va ilm-fangacha bo‘lgan tizimni yagona boshqaruvga birlashtiruvchi Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Islohotdan asosiy maqsad ta’lim, tarbiya va ilm-fanni yaxlit tizim asosida boshqarish, ta’limning barcha bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, sifat va samaradorlikni oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirishdan iborat.
Yangi tizimda Ta’lim va ilm-fan vazirligi bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyati hamda ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, vazirlik ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, akkreditatsiya va litsenziyalash bilan shug‘ullanadi.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi esa o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish va natijalarini kuzatish bilan shug‘ullanadi. Aniqlangan kamchiliklar asosida dastur va metodikalar takomillashtirib boriladi. Bu jarayon "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti" asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh ham tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi. Guruh tarkibiga tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar jalb etiladi.
Ishchi guruh yangi vazirlik tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi va islohotning umumiy strategiyasi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Oliy ta’limda esa davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun kengroq imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan. Qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini erkin raqobat va bozor talabi belgilashi kerakligi qayd etildi.
Farmon va qarorlar bilan bir qator tayinlovlar ham amalga oshirildi. Ilxom Siradjev ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari, Obid Xakimov Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda "Yangi O‘zbekiston" universiteti rektori, Kamoliddin Mardonov esa prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Studenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi
Yangiliklar lentasi
0