https://oz.sputniknews.uz/20261021/shifokor-hamshira-royxat-tartib-61367871.html
Shifokorlar va hamshiralarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Shifokorlar va hamshiralarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shifokorlar, hamshiralar va farmatsevtlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Qachon imtihon topshirish kerak, kimlar imtihondan ozod, ariza qayerga beriladi va guvohnoma qancha muddat amal qiladi?
2026-10-21T11:36+0500
2026-10-21T11:36+0500
2026-10-21T11:36+0500
shifokor
yangi qonun
ro‘yxatdan o‘tish
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54886793_0:90:1332:839_1920x0_80_0_0_8922d7560435b6b166b5e59526c1702e.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning aniq tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvardan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tmagan xodimlarning kasbiy faoliyat yuritishi taqiqlanadi.Yangi talab hamshiralarga ham tegishlimi?Ha, ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi faqat shifokorlar emas, o‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, hamshiralarni ham qamrab oladi.Biroq qaysi mutaxassisliklar bo‘yicha maxsus imtihon talab qilinishi, qaysilarida esa imtihonsiz ro‘yxatdan o‘tish mumkinligini Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan ro‘yxat belgilaydi.Ro‘yxatdan qanday o‘tish mumkin?2027 yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvargacha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari ixtiyoriy ravishda maxsus imtihon topshirish yoki malaka toifasini olish jarayonida avtomatik tarzda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.Arizalarni quyidagi yo‘llar bilan topshirish mumkin:Elektron arizalar bayram va dam olish kunlarida ham kechayu kunduz qabul qilinadi.Vakolatli organ — Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi arizani 5 ish kunida ko‘rib chiqib, talabgorni maxsus imtihonga qo‘yish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.Ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi elektron shaklda beriladi. Uning haqiqiyligini yagona elektron reyestr orqali tekshirish mumkin. Qog‘oz shaklidagi asl nusxa yoki dublikat berilmaydi.Kimlar imtihon topshirmaydi?Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 20-yillik ish staji va ilmiy darajaga ega tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlari maxsus imtihonsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladi.Biroq mutaxassisligi bo‘yicha uch yil yoki undan ortiq uzluksiz ishlamagan xodimlar uchun qo‘shimcha talablar mavjud.Amaldaggi xodim maxsus imtihondan o‘ta olmagan taqdirda, bir yil ichida qayta imtihon topshirish sharti bilan vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilib, faoliyatini davom ettirishi mumkin.Ro‘yxatdan o‘tgan xodimlarga ustama beriladimi?Avvalroq qabul qilingan PF–192-son prezident farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan ixtiyoriy ravishda maxsus imtihon topshirib, davlat ro‘yxatidan o‘tgan xodimlarga har oylik ustamalar nazarda tutilgan:Bu ustamalar belgilangan shartlar asosida to‘lanadi. Jumladan, ularni olgan xodimlarga malaka toifasi uchun alohida ustama to‘lanmaydi.Guvohnoma qancha muddat amal qiladi?Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik besh yil muddatga amal qiladi. Kasbiy faoliyatni davom ettirish uchun xodimlar har besh yilda qayta ro‘yxatdan o‘tishi lozim.Eslatib o‘tamiz, yangi tizimni joriy etish prezidentning 2026-yil 10-sentabrdagi PF–192-son farmonida belgilangan. Hukumatning yangi qarori esa uni amalga oshirish tartibini aniqlashtirdi.Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/tibbiyot-xodim-ishlash-huquq-60483299.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54886793_74:26:1224:889_1920x0_80_0_0_490d4e187adf4f2b824aa47559f56201.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifokor, yangi qonun, ro‘yxatdan o‘tish, jamiyat, o‘zbekiston
shifokor, yangi qonun, ro‘yxatdan o‘tish, jamiyat, o‘zbekiston
Shifokorlar va hamshiralarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Arizalar besh ish kunida ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning aniq tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qarori
qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvardan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tmagan xodimlarning kasbiy faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
Yangi talab hamshiralarga ham tegishlimi?
Ha, ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi faqat shifokorlar emas, o‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, hamshiralarni ham qamrab oladi.
Biroq qaysi mutaxassisliklar bo‘yicha maxsus imtihon talab qilinishi, qaysilarida esa imtihonsiz ro‘yxatdan o‘tish mumkinligini Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan ro‘yxat belgilaydi.
Ro‘yxatdan qanday o‘tish mumkin?
2027 yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvargacha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari ixtiyoriy ravishda maxsus imtihon topshirish yoki malaka toifasini olish jarayonida avtomatik tarzda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Arizalarni quyidagi yo‘llar bilan topshirish mumkin:
Davlat xizmatlari markazlari;
Tibbiy malaka platformasi.
Elektron arizalar bayram va dam olish kunlarida ham kechayu kunduz qabul qilinadi.
Vakolatli organ — Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi arizani 5 ish kunida ko‘rib chiqib, talabgorni maxsus imtihonga qo‘yish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi elektron shaklda beriladi. Uning haqiqiyligini yagona elektron reyestr orqali tekshirish mumkin. Qog‘oz shaklidagi asl nusxa yoki dublikat berilmaydi.
Kimlar imtihon topshirmaydi?
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 20-yillik ish staji va ilmiy darajaga ega tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlari maxsus imtihonsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Biroq mutaxassisligi bo‘yicha uch yil yoki undan ortiq uzluksiz ishlamagan xodimlar uchun qo‘shimcha talablar mavjud.
Amaldaggi xodim maxsus imtihondan o‘ta olmagan taqdirda, bir yil ichida qayta imtihon topshirish sharti bilan vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilib, faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tgan xodimlarga ustama beriladimi?
Avvalroq qabul qilingan PF–192-son prezident farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan ixtiyoriy ravishda maxsus imtihon topshirib, davlat ro‘yxatidan o‘tgan xodimlarga har oylik ustamalar nazarda tutilgan:
shifokorlar va oliy ma’lumotli farmatsevtika xodimlariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari;
o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlariga — 2,5 baravari.
Bu ustamalar belgilangan shartlar asosida to‘lanadi. Jumladan, ularni olgan xodimlarga malaka toifasi uchun alohida ustama to‘lanmaydi.
Guvohnoma qancha muddat amal qiladi?
Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik besh yil muddatga amal qiladi. Kasbiy faoliyatni davom ettirish uchun xodimlar har besh yilda qayta ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, yangi tizimni joriy etish prezidentning 2026-yil 10-sentabrdagi PF–192-son farmonida belgilangan. Hukumatning yangi qarori esa uni amalga oshirish tartibini aniqlashtirdi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.