https://oz.sputniknews.uz/20260916/tibbiyot-xodim-ishlash-huquq-60483299.html
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlariga ishlash huquqi 5-yilga beriladi
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlariga ishlash huquqi 5-yilga beriladi
Sputnik O‘zbekiston
2027 yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshlanadi. 2030-yilgacha ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy bo‘ladi, malaka toifasi berish amaliyoti esa bekor qilinadi.
2026-09-16T15:21+0500
2026-09-16T15:21+0500
2026-09-16T15:21+0500
hamshira
shifoxona
jamiyat
o‘zbekiston
yangi farmon
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37361324_168:47:2950:1612_1920x0_80_0_0_46bf7c8aee6cc6c52c7c1cff92764c81.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishning yangi tizimi joriy etiladi.Prezidentning PF–192-son farmoniga ko‘ra, tizim 2027-yil 1-iyuldan bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan mutaxassisga tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi 5-yil muddatga beriladi. Yangi tartib to‘liq joriy etilgach, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan kasbiy faoliyat yuritish taqiqlanadi.Qaysi mutaxassisliklar maxsus imtihon bilan yoki imtihonsiz ro‘yxatdan o‘tkazilishini Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisning bemorga tibbiy ta’sir ko‘rsatish darajasidan kelib chiqib belgilaydi.Yangi tizimda tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish amaliyoti bekor qilinadi. 2030-yilga qadar berilgan malaka toifalari esa amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanadi. Ular bo‘yicha ustamalar va lavozimga oid huquqlar ham o‘z kuchida qoladi.Maxsus imtihondan o‘ta olmagan amaldagi xodim bir yilga vaqtincha davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va shu vaqtda ishini davom ettirishi mumkin. U bir yil ichida imtihonni qayta topshirishi kerak. Shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika sohasi mutaxassislarining yagona elektron reyestri yuritiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/hamshira-tayyorlash-oliy-talim-60482106.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37361324_481:0:2785:1728_1920x0_80_0_0_be408b0291f4044a429c87024210664a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hamshira, shifoxona, jamiyat, o‘zbekiston, yangi farmon, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
hamshira, shifoxona, jamiyat, o‘zbekiston, yangi farmon, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlariga ishlash huquqi 5-yilga beriladi
O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi 5-yil muddatga berilishi belgilandi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishning yangi tizimi joriy etiladi.
Prezidentning PF–192-son farmoniga
ko‘ra, tizim 2027-yil 1-iyuldan bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan mutaxassisga tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi
5 yil muddatga beriladi. Yangi tartib to‘liq joriy etilgach, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan kasbiy faoliyat yuritish taqiqlanadi.
2030 yilga qadar amaldagi xodimlar davlat ro‘yxatidan ixtiyoriy tartibda o‘tishi mumkin. Bu maxsus imtihon natijasiga ko‘ra yoki malaka toifasi berish jarayonida avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Qaysi mutaxassisliklar maxsus imtihon bilan yoki imtihonsiz ro‘yxatdan o‘tkazilishini Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisning bemorga tibbiy ta’sir ko‘rsatish darajasidan kelib chiqib belgilaydi.
Yangi tizimda tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish amaliyoti bekor qilinadi. 2030-yilga qadar berilgan malaka toifalari esa amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanadi. Ular bo‘yicha ustamalar va lavozimga oid huquqlar ham o‘z kuchida qoladi.
Maxsus imtihondan o‘ta olmagan amaldagi xodim bir yilga vaqtincha davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va shu vaqtda ishini davom ettirishi mumkin. U bir yil ichida imtihonni qayta topshirishi kerak.
Kamida 20 yil ish staji va ilmiy darajaga ega mutaxassislar maxsus imtihonsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika sohasi mutaxassislarining yagona elektron reyestri yuritiladi.