Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Timoshevkani ozod qildi va harbiy yuk tashuvchi kemalarga zarba berdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota svazistov gruppirovki voysk "Sentr" v zone SVO
Boyevaya rabota svazistov gruppirovki voysk Sentr v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari bugun Timoshevkani, kecha esa Omelnikni ozod qildi. Ukrainaning ikki logistika markazi, Reni porti va to‘rtta yuk kemasiga ham zarba berildi
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiya qo‘shinlarining "Sharq" guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatidagi Timoshevkani ozod qildi. Bir kun avval shu guruh Omelnik aholi punktini ozod qilgan edi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
20 oktabrga o‘tar kechasi Rossiya zarbdor dronlari Ukraina Qurolli kuchlarini ta’minlash uchun foydalanilayotgan logistika markazlari, port inshootlari va dengiz kemalarini nishonga oldi.
Xmelniskiy shahrida harbiy va ikki maqsadli yuklar saqlanadigan "Grand import" logistika markaziga zarba berildi. Volin viloyatining Kovel shahrida esa Ukraina harbiy yuklari va mulkini saqlash hamda taqsimlash uchun ishlatiladigan "Vindor Trans Servis" transport-logistika markazi zarba ostida qoldi.
Odessa viloyatidagi Reni portida Ukraina Qurolli kuchlari uchun mo‘ljallangan harbiy va ikki maqsadli yuklarni tushirayotgan uchta quruq yuk kemasi nishonga olindi.
Shuningdek, yuk ortish-tushirish terminallari faoliyatini ta’minlovchi port inshootlariga zarba berildi.
Bundan tashqari, Ukrainaga harbiy yuk yetkazayotgan yana bir quruq yuk kemasi Odessa portiga dengiz orqali yo‘l olayotgan vaqtida zarbaga uchradi.
Voyennoslujashie Pskovskogo VDV. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari hafta davomida 12ta aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi
Yangiliklar lentasi
0