https://oz.sputniknews.uz/20261020/uzbekistan-pensiya-tartib-ozgarish-61349772.html
O‘zbekistonda pensiya tayinlash va to‘lash tartibi o‘zgarmoqda — asosiy yangiliklar
O‘zbekistonda pensiya tayinlash va to‘lash tartibi o‘zgarmoqda — asosiy yangiliklar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pensiya tayinlash va to‘lash tartibi takomillashtirilmoqda. Ish stajini elektron ma’lumotlar orqali tasdiqlash, pensiyani qayta hisoblash, elektron guvohnoma va xorijdagi pensionerlarga to‘lovlar bo‘yicha yangiliklar bor.
2026-10-20T16:14+0500
2026-10-20T16:14+0500
2026-10-20T16:14+0500
pensiya
yangi qonun
jamiyat
fuqaro
raqamli texnologiyalar
nogironligi bo‘lgan shaxslar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/02/58767737_0:107:1448:922_1920x0_80_0_0_4549be2bf4e1fd810557dc17efecdcb3.png
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekistonda pensiya tayinlash va to‘lash tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Vazirlar Mahkamasining 19-oktabrdagi 576-son qarori bilan pensiya xizmatlarini raqamlashtirish, ish staji va ish haqini tasdiqlash, to‘lovlarni qayta hisoblash hamda elektron hujjatlardan foydalanish tartibi takomillashtirildi.Ish stajini tasdiqlash osonlashadiMehnat daftarchasi, jumladan, elektron mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.2005 yilgacha bo‘lgan ish davri mehnat daftarchasida qayd etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi.Mehnat daftarchasi bo‘lmagan yoki unda zarur yozuvlar saqlanmagan hollarda mehnat shartnomalari, buyruqlar, ish haqi qaydnomalari va boshqa hujjatlardan foydalanish mumkin.Shuningdek, stajni arxiv ma’lumotnomasisiz aniqlashda quyidagi elektron ma’lumotlardan foydalaniladi:Elektron tizimlarda ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa yoki noaniqlik aniqlansa, arxiv hujjatlaridan ham foydalaniladi.Pensiya hisoblashda ish haqi qanday aniqlanadi?Qarorga ko‘ra, ish haqi to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotlari bo‘lmagan ayrim davrlar uchun elektron reyestrlardan foydalanish mumkin.Pensiyani hisoblashda ishda tanaffuslar bo‘lganidan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil uchun oylik ish haqi inobatga olinadi.Pensiyani qayta hisoblashPensiya miqdorini qayta hisoblash uchun asos paydo bo‘lganda, pensioner Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.Bundan tashqari, I va II guruh nogironligi bo‘yicha pensiya oluvchilar pensiya tayinlanganidan keyin kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lsa, ish staji va ish haqi hisobga olingan holda har ikki yilda bir marta proaktiv tarzda qayta hisoblash nazarda tutilgan.Elektron pensiya guvohnomasiPensiya guvohnomasining elektron shakli YaIDXP yoki "Ijtimoiy karta" mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetda avtomatik shakllanadi.Elektron guvohnoma O‘zbekiston hududida majburiy qabul qilinishi belgilangan. Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlar taqdim etilgach, tegishli komissiya o‘n kun ichida qaror qabul qiladi.ID-karta muddati tugasa ham pensiya davom ettiriladiYangi tartibda pasport yoki ID-karta muddati tugagani, shuningdek, hujjat muddatidan oldin almashtirilgani sababli pensiya to‘lovini to‘xtatmasdan davom ettirish nazarda tutilgan.Shuningdek, 100 yoshga to‘lgan fuqarolarga qo‘shimcha to‘lovni axborot tizimlaridagi ma’lumotlar asosida arizasiz tayinlash va to‘lash belgilandi.Xorijdagi pensionerlar uchunO‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan, pensiyani naqd pulsiz olayotgan fuqarolarning pensiya olish huquqini tasdiqlash tartibi aniqlashtirildi.Bunda xorijga chiqqandan yoki pensiya olish huquqini tasdiqlagandan boshlab har uch oyda "MyID" orqali biometrik tasdiqdan o‘tish mumkin.Pensioner bir yil ichida kamida bir marta belgilangan tartibda pensiya olish huquqini tasdiqlasa, to‘lov keyingi 12 oy davom ettiriladi.Bir yil ichida O‘zbekistonga qaytgan, xorijda uzoq vaqt bo‘lgani sababli pensiyasi to‘xtatilgan fuqarolarning to‘lovi migratsiya ma’lumotlari asosida arizasiz tiklanadi.Manzil o‘zgarganda pensiya hujjatlari elektron yuboriladiPensioner O‘zbekiston ichida yashash joyini o‘zgartirganda, o‘ziga qulay Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali murojaat qilishi mumkin.Pensiya hujjatlari avvalgi hududdan yangi yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga elektron tarzda yuboriladi.Yangi xizmat ko‘rsatish tizimi qachon joriy etiladi?Qarorga muvofiq, 2026-yil oktabr–dekabr oylarida Andijon, Samarqand, Xorazm va Sirdaryoning ayrim shahar va tumanlarida pensiya xizmatlarining yangi tizimi sinovdan o‘tkaziladi.2027 yil 1-yanvardan Pensiya jamg‘armasining tuman va shahar bo‘limlarida raqamlashtirish asosida ixcham boshqaruv tizimini joriy etish belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260915/pensiya-qonun-loyiha-60463926.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/02/58767737_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_56a2f53cd373c87e7f6f080df19955d9.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pensiya, yangi qonun, jamiyat, fuqaro, raqamli texnologiyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar
pensiya, yangi qonun, jamiyat, fuqaro, raqamli texnologiyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar
O‘zbekistonda pensiya tayinlash va to‘lash tartibi o‘zgarmoqda — asosiy yangiliklar
Pensiya tayinlash, ish stajini tasdiqlash, to‘lovlarni qayta hisoblash va elektron hujjatlar bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekistonda pensiya tayinlash va to‘lash tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Vazirlar Mahkamasining 19-oktabrdagi 576-son qarori bilan pensiya xizmatlarini raqamlashtirish, ish staji va ish haqini tasdiqlash, to‘lovlarni qayta hisoblash hamda elektron hujjatlardan foydalanish tartibi
takomillashtirildi.
Ish stajini tasdiqlash osonlashadi
Mehnat daftarchasi, jumladan, elektron mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
2005 yilgacha bo‘lgan ish davri mehnat daftarchasida qayd etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi.
Mehnat daftarchasi bo‘lmagan yoki unda zarur yozuvlar saqlanmagan hollarda mehnat shartnomalari, buyruqlar, ish haqi qaydnomalari va boshqa hujjatlardan foydalanish mumkin.
Shuningdek, stajni arxiv ma’lumotnomasisiz aniqlashda quyidagi elektron ma’lumotlardan foydalaniladi:
2005 yilgacha — YaMMT va IDAKdagi tasdiqlangan ma’lumotlar;
2005–2016 yillar — jamg‘arib boriladigan pensiya badallari;
2016–2018 yillar — sug‘urta badallarining elektron reyestri;
2019 yildan keyin — ish haqining markazlashtirilgan elektron reyestri.
Elektron tizimlarda ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa yoki noaniqlik aniqlansa, arxiv hujjatlaridan ham foydalaniladi.
Pensiya hisoblashda ish haqi qanday aniqlanadi?
Qarorga ko‘ra, ish haqi to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotlari bo‘lmagan ayrim davrlar uchun elektron reyestrlardan foydalanish mumkin.
Pensiyani hisoblashda ishda tanaffuslar bo‘lganidan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil uchun oylik ish haqi inobatga olinadi.
Pensiyani qayta hisoblash
Pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun asos paydo bo‘lganda, pensioner Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Bundan tashqari, I va II guruh nogironligi bo‘yicha pensiya oluvchilar pensiya tayinlanganidan keyin kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lsa, ish staji va ish haqi hisobga olingan holda har ikki yilda bir marta proaktiv tarzda qayta hisoblash nazarda tutilgan.
Elektron pensiya guvohnomasi
Pensiya guvohnomasining elektron shakli YaIDXP yoki "Ijtimoiy karta" mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetda avtomatik shakllanadi.
Elektron guvohnoma O‘zbekiston hududida majburiy qabul qilinishi belgilangan. Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlar taqdim etilgach, tegishli komissiya o‘n kun ichida qaror qabul qiladi.
ID-karta muddati tugasa ham pensiya davom ettiriladi
Yangi tartibda pasport yoki ID-karta muddati tugagani, shuningdek, hujjat muddatidan oldin almashtirilgani sababli pensiya to‘lovini to‘xtatmasdan davom ettirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, 100 yoshga to‘lgan fuqarolarga qo‘shimcha to‘lovni axborot tizimlaridagi ma’lumotlar asosida arizasiz tayinlash va to‘lash belgilandi.
Xorijdagi pensionerlar uchun
O‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan, pensiyani naqd pulsiz olayotgan fuqarolarning pensiya olish huquqini tasdiqlash tartibi aniqlashtirildi.
Bunda xorijga chiqqandan yoki pensiya olish huquqini tasdiqlagandan boshlab har uch oyda "MyID" orqali biometrik tasdiqdan o‘tish mumkin.
Pensioner bir yil ichida kamida bir marta belgilangan tartibda pensiya olish huquqini tasdiqlasa, to‘lov keyingi 12 oy davom ettiriladi.
Bir yil ichida O‘zbekistonga qaytgan, xorijda uzoq vaqt bo‘lgani sababli pensiyasi to‘xtatilgan fuqarolarning to‘lovi migratsiya ma’lumotlari asosida arizasiz tiklanadi.
Manzil o‘zgarganda pensiya hujjatlari elektron yuboriladi
Pensioner O‘zbekiston ichida yashash joyini o‘zgartirganda, o‘ziga qulay Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali murojaat qilishi mumkin.
Pensiya hujjatlari avvalgi hududdan yangi yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga elektron tarzda yuboriladi.
Yangi xizmat ko‘rsatish tizimi qachon joriy etiladi?
Qarorga muvofiq, 2026-yil oktabr–dekabr oylarida Andijon, Samarqand, Xorazm va Sirdaryoning ayrim shahar va tumanlarida pensiya xizmatlarining yangi tizimi sinovdan o‘tkaziladi.
2027 yil 1-yanvardan Pensiya jamg‘armasining tuman va shahar bo‘limlarida raqamlashtirish asosida ixcham boshqaruv tizimini joriy etish belgilangan.