Toshkentdagi ShHT xavfsizlik markazi nizomi loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Sanat ImangaliyevFlagi ShOS
Flagi ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Toshkentda tashkil etiladigan ShHTning xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha universal markazi nizomi loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Rossiya Toshkentda tashkil etiladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha universal markazi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Bishkekda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishida ma’lum qildi.
Yangi markazni Toshkentdagi ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi — MATT negizida tashkil etish rejalashtirilgan. ShHT MATT tashkilotning doimiy organlaridan biri bo‘lib, uning ijroiya qo‘mitasi Toshkentda joylashgan va 2004-yildan faoliyat yuritadi.
Markazning vazifasi ShHT davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi zamonaviy xatarlarga qarshi hamkorlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ladi.
Unga terrorizm, ekstremizm, kiberxavflar, axborot xavfsizligi va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlari kirishi kutilmoqda.
Bu tashabbus avvalroq ShHT doirasida kelishilgan. 2025-yil sentabrda Tanszin sammitida ShHT davlatlari xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha universal markaz va ShHTning narkotiklarga qarshi kurashish markazini tashkil etish haqidagi kelishuvlarni imzolagan edi.
Hujjatda Toshkentda MATT negizida universal markaz tashkil etilishi, uning tarkibiga axborot xavfsizligi markazi hamda Bishkekda joylashadigan transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish markazi kirishi nazarda tutilgan.
Konferensiya RATS ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Toshkentda “uch yovuz” tarqalishining oldini olish yo‘llari muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0