Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yangi tabiat bog‘lari tashkil etiladi

© Gosudarstvenniy komitet po ekologii i oxrane okrujayushey sredi UzbekistanaGissarskiy gosudarstvenniy gorno-archoviy zapovednik "Xisor"
Gissarskiy gosudarstvenniy gorno-archoviy zapovednik Xisor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2026
Obuna bo‘lish
Prezident qaroriga muvofiq, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yangi muhofaza hududlari barpo etilib, Namangan viloyatidagi yirik tabiat bog‘ining maydoni ham oshiriladi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. “Ovjazsoy – Moviy tog‘lar”, “Piskom” va “Farg‘ona” milliy tabiat bog‘larini tashkil etish, shuningdek “Pop” milliy tabiat bog‘i hududini kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi. Bu haqda tegishli prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent viloyatida ikkita yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi. Jumladan, Ohangaron tumanidagi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining “Ovjazsoy” uchastkasida joylashgan 9,2 ming gektar yer maydonida “Ovjazsoy – Moviy tog‘lar” milliy tabiat bog‘i barpo etiladi.
Shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining 156,7 ming gektar yer maydonida “Piskom” milliy tabiat bog‘i tashkil qilinadi.
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va So‘x tumanlaridagi 13,9 ming gektar davlat zaxira yerlari, shuningdek Farg‘ona va Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaliklarining 8,9 ming gektar yer maydonlari negizida umumiy maydoni 22,9 ming gektar bo‘lgan “Farg‘ona” milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi.
Namangan viloyatida esa Mingbuloq va Pop adirliklaridagi 33,6 ming gektar davlat zaxira yerlari hamda Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligining 91,2 ming gektar yer maydoni hisobiga “Pop” milliy tabiat bog‘i hududi 125,3 ming gektargacha kengaytiriladi.
Oxranyayemie prirodnie territorii budut vklyucheni v spisok obyektov prirodnogo naslediya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2026
Tabiiy meros obyektlari bo‘yicha yangi tartib: ularda ayrim qurilish va faoliyat taqiqlanadi
Yangiliklar lentasi
0