Jahon iqtisodiy inqirozi: boshqacha qarash

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishObstanovka v Tegerane v den proshaniya s bivshim verxovnim liderom Irana Ali Xamenei
Obstanovka v Tegerane v den proshaniya s bivshim verxovnim liderom Irana Ali Xamenei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Obuna bo‘lish
Dollar hukmronligi AQSh sanoatini zaiflashtirib, iqtisodiy inqirozni chuqurlashtirmoqda. "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi instituti bu jarayonning sabab va oqibatlarini tahlil qildi
1981 yilda neoliberal "reyganomika" siyosati boshlanganidan buyon dollar iqtisodiyotida xususiy talab tobora ko‘proq emissiya hisobiga rag‘batlantirilmoqda. Rossiyada 2000–2001 yillarda AQShning 1998-yilgi tarmoqlararo balansi asosida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘sha paytdayoq Amerika iqtisodiyotining 20 foizi odatdagi iqtisodiy aylanma emas, emissiya hisobiga yaratilgan.
Pul iqtisodiyotga qarz orqali kiritilgani uchun qarz YaIMga nisbatan tezroq o‘sdi. Yukni yengillatish maqsadida Federal zaxira tizimi hisob stavkasini 1981-yildagi 18 foizdan 2008-yil dekabrida nolgacha pasaytirdi. Faqat Sovuq urush tugab, SSSR parchalangan 1990-yillarning birinchi yarmida dollar tizimiga ulkan aktivlar kirib kelishi bu jarayondan istisno bo‘ldi.
1981–2008 yillarda uy xo‘jaliklarining qarzi real tasarrufdagi daromadining 60 foizidan 130 foizdan ortig‘iga yetdi, jamg‘arma darajasi 10 foizdan minus 5 foizga tushdi. Jamg‘arma o‘rnini qarz egalladi, daromadlarning xarid qobiliyati esa deyarli 1950-yillar oxiri darajasida qoldi.
Tahlillarga ko‘ra, AQShda 1998-yildayoq 1929–1932 yillardagi Buyuk depressiyaga qiyoslanadigan, YaIMning 35–40 foiziga teng qulash xavfi bor edi. O‘shanda "oltin standart" emissiyani cheklagani uchun inqiroz deflyatsiya shaklida kechgan. Hozir FZT emissiyani kuchaytirib, uni inflyatsion ssenariyga burmoqda. Shu yo‘l bilan o‘tkir bosqich 2001, 2008, 2014 va 2020-yillarda ortga surildi — ammo inqiroz ko‘lami kengaydi.
2008 yildan keyin pul bazasi to‘rt baravar oshib, 2014-yilda 3,3 trillion dollarga yetdi. Kredit multiplikatori esa shuncha marta qisqardi: moliya bozorlaridagi "pufak" yuqori inflyatsiyani vaqtincha tiydi. 2014-yilda bu vosita ham tugagach, Vashington dollar oqimini AQShga yo‘naltirish va komplayens-nazoratni kuchaytirishga o‘tdi. Bu ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarda 2014–2015 yillar inqirozini keltirib chiqardi. Keyin pandemiya davridagi emissiya boshlandi.
Inqirozning asosiy tarkibiy nomutanosibligi — uy xo‘jaliklarining real daromadi va xarajati o‘rtasidagi tafovut. Ilgari u qarzni ko‘paytirish va jamg‘armani kamaytirish orqali qoplangan bo‘lsa, koviddan buyon AQSh talabni asosan federal budjet orqali bilvosita rag‘batlantirmoqda. Shu bois nomutanosiblik ko‘lamini baholash qiyinlashdi.
Virtual moliyaviy aktivlar kapitallashuvidan olingan foydaning YaIMga o‘tkazilishi AQSh "soxta" iqtisodiyotini shakllantiradi. Bunday aktivlar ortiqcha dollarlarni "sterilizatsiya qilish" vositasidir. Ammo pulning bir qismi real sektorga sizib o‘tapti. Haqiqatga yaqin baholarga ko‘ra, AQShda amaldagi inflyatsiya 10–12 foiz. Lourens Sammers ham Bayden prezidentligining so‘nggi ikki yilida uni 9 foizdan past deb bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Ko‘chmas mulk bozorida faollik va iste’molchilar ishonchining pasayishi, jahon dollar tizimidagi inflyatsiya buni ko‘rsatadi. Emissiya salbiy oqibatlarni vaqtincha qoplayapti, xolos: imkoniyatlar toraygani sari yanada ko‘proq pul kiritish talab etilmoqda. AQSh davlat qarzi o‘sishi buning dalili.
Amerika dollar hukmronligi uchun o‘ziga xos "badal" to‘lamoqda: dollar ta’siri oshgani sari AQShning jahon iqtisodiyotidagi ulushi kamaygan. 1944-yilgi Bretton-Vuds konferensiyasi paytida u yarmidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, hozir ishlab chiqarish bo‘yicha 15, iste’mol bo‘yicha 30 foizga tushgan. Ulushning yanada qisqarishi o‘ta og‘ir iste’mol inqirozini keltirib chiqaradi.
AQSh G‘aznachiligining uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlariga talab kamaymoqda, hisob stavkasi va qimmatli qog‘ozlar daromadliligi orqali boshqaruv deyarli ishlamay qoldi. Budjetni to‘ldirish qiyinlashib, emissiyaga qaramlik kuchaymoqda.
Ko‘rinishidan, AQShda real sektor ulushining qisqarishiga "Tramp fenomeni" sabab bo‘lgan. Holbuki, u "Amerikani yana buyuk qilamiz!" shiori bilan sanoat qudratini tiklashga va’da bergan edi. Ammo dollar tizimini buzmasdan bu maqsadga erishib bo‘lmaydi: emissiyaga tayangan iqtisodiyotda moliya sektori real ishlab chiqarishdan daromadliroq.

Natijada sarmoyadorlar mablag‘larini zavod va fabrikalarga, ya’ni real ishlab chiqarishga yo‘naltirish o‘rniga ko‘proq daromad keltiradigan moliyaviy spekulyatsiyalarga sarflashni afzal ko‘radi; yangi kreditlar korxonalar qarzini ko‘paytiradi, ishlab chiqarish esa ishchi kuchi va resurslar arzonroq, mehnatga oid talablar yumshoqroq mintaqalarga ko‘chadi.

AQSh ulushi yana qisqaradi. Bu jarayon moliyaviy maslahatchilar va auditorlar hisobotlarida ustalik bilan niqoblangan.
Makroiqtisodiy boshqaruvning izdan chiqishiga, aslida, bitta ko‘rsatkich — umumiy qarz hajmi sabab bo‘lishi mumkin. Sammers, Reynxart va boshqalarning murakkab modellari esa shu oddiy haqiqatni niqoblashga xizmat qiladi. AQShning jami qarzi YaIMning 300–350 foiziga yetib, barcha alomatlarga ko‘ra, xavfli chegaraga kelgan.
Nazariy jihatdan, aholi qarzlarini hisobdan chiqarish iqtisodiyotni sog‘lomlashtiradi. Ammo siyosiy omil bunga yo‘l qo‘ymaydi: AQSh aktivlari tarkibida moliyaviy aktivlar ulushi 1913-yildagi 5 foizdan hozir 70 foizdan oshgan. Demak, o‘yin qoidalarini moliyaviy doiralar belgilaydi. Aholi, korporatsiyalar va davlat qarzlari — moliya tizimining aktivlari. Bu elita hukmron mavqeyini yo‘qotmaguncha, ular hisobdan chiqarilmaydi.
Chorak asrdan ko‘proq avval bashorat qilingan dollar tizimining yemirilishi bugun deyarli yaqqol haqiqatga aylandi, ammo yangi tizim qanday bo‘lishi noma’lum. Uni o‘rganishga dollar tizimidan manfaatdorlar qo‘llab-quvvatlayotgan liberal iqtisodiy nazariya hukmronligi to‘sqinlik qilmoqda. Holbuki, inqiroz nazariyasi uning oqibatlarini baholash va zararini kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Bu tez orada har bir hukumat uchun dolzarb vazifa bo‘ladi. Yevropa Ittifoqida energiya qimmatlashuvi tufayli sanoat raqobatbardoshligining yo‘qolishi bunga misol: bu jarayon fuqarolik ishlab chiqarishini budjetdan moliyalashtiriladigan harbiy ishlab chiqarish bilan almashtirish orqali niqoblanmoqda.
Izobrajenie sgenerirovano II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Matematika – Rossiya tomonda: nima sababdan Kiyev va Yevropa yutqazishga mahkum
Yangiliklar lentasi
0