https://oz.sputniknews.uz/20261020/it-ish-orin-yoshlar-raqamli-kasblar-61355645.html
Yana 500 ming IT ish o‘rni yaratish va 5,5 mln yoshni raqamli kasblarga o‘qitish rejalashtirilmoqda
Yana 500 ming IT ish o‘rni yaratish va 5,5 mln yoshni raqamli kasblarga o‘qitish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Prezident raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi. 2030-yilgacha 5,5 million yoshni o‘qitish, yana 500 mingta IT ish o‘rni yaratish va grantlarni yiliga 100 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
2026-10-20T18:33+0500
2026-10-20T18:33+0500
2026-10-20T18:33+0500
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
shavkat mirziyoyev
ta’lim
o‘qituvchilar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/69/65/696567_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_7a0e5e975e7e9b64cac5b007a2a6a0f7.jpg
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Axborot texnologiyalari sohasida 2030-yilgacha 300 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha belgilangan maqsadga joriy yilning o‘zida erishildi. Endi raqamli iqtisodiyotning yangi yo‘nalishlari hisobiga 2030-yilgacha yana 500 mingta ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yilmoqda.Prezident robototexnika, kompyuter o‘yinlarini yaratish, startaplar va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda yiliga 1 million nafar yoshni o‘qitish vazifasini qo‘ydi.Buning uchun quyidagilar nazarda tutilmoqda:Oliy ta’limda esa quyidagi yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat beriladi:Shuningdek, informatika o‘qituvchilarini sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitish va sertifikatlash, talabalar uchun xalqaro raqamli kurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish belgilandi.Farg‘ona tajribasi asosida iOS dasturchilarini tayyorlash markazlarini tashkil etish va xususiy ta’lim markazlari uchun mentorlar tayyorlash takliflari ma’qullandi.Yoshlarning ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi "Raqamli yoshlar" platformasi ham rivojlantiriladi. Unda ta’lim, kasbiy ko‘nikmalar, til bilish darajasi va sertifikatlar haqidagi ma’lumotlar jamlanib, yoshlarga mos bo‘sh ish o‘rinlari taklif etiladi va ularning bandligi kuzatib boriladi.Raqamli ta’limga xalqaro texnologik kompaniyalarni jalb qilish ham kengaytiriladi. O‘tgan yili bu yo‘nalishda 22 million dollar grant olingan. Mazkur ko‘rsatkichni:Joriy yilda jalb qilinadigan grantlarning yarmi raqamli ta’limga, qolgan qismi esa malaka oshirish dasturlari va chekka hududlarda raqamli ta’lim markazlarini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Markazlar sun’iy intellekt, robototexnika va dasturlashni o‘qitish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260807/prezident-suniy-intellekt-loyihalari-soni-va-qamrovini-kengaytirishni-topshirdi-59559094.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/69/65/696567_58:0:967:682_1920x0_80_0_0_54a302d1c9f2ad38463733c7f260bfbd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, shavkat mirziyoyev, ta’lim, o‘qituvchilar, o‘zbekiston
sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, shavkat mirziyoyev, ta’lim, o‘qituvchilar, o‘zbekiston
Yana 500 ming IT ish o‘rni yaratish va 5,5 mln yoshni raqamli kasblarga o‘qitish rejalashtirilmoqda
IT sohasida 2030-yilga mo‘ljallangan 300 ming ish o‘rni yaratish rejasi muddatidan oldin bajarildi. Prezident yangi vazifalarni belgiladi
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Axborot texnologiyalari sohasida 2030-yilgacha 300 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha belgilangan maqsadga joriy yilning o‘zida erishildi. Endi raqamli iqtisodiyotning yangi yo‘nalishlari hisobiga 2030-yilgacha yana 500 mingta ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yilmoqda.
Buning uchun yoshlarni o‘qitishdan ishga joylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oluvchi yagona raqamli ta’lim ekotizimi shakllantiriladi. 2030-yilgacha 5,5 million nafar yoshni an’anaviy va masofaviy shakllarda o‘qitish rejalashtirilmoqda.
Prezident robototexnika, kompyuter o‘yinlarini yaratish, startaplar va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda yiliga 1 million nafar yoshni o‘qitish vazifasini qo‘ydi.
Buning uchun quyidagilar nazarda tutilmoqda:
"Al-Xorazmiy vorislari" va "Besh million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihalarini kengaytirish;
oliygohlar va xususiy o‘quv markazlari imkoniyatlarini birlashtirish;
milliy trenerlar korpusini shakllantirish;
onlayn ta’lim platformalari va qisqa muddatli raqamli kurslarni ishga tushirish;
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va natijalarini amaliyotga joriy etish.
Oliy ta’limda esa quyidagi yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat beriladi:
sun’iy intellekt va mikrosxemalarni loyihalash;
dron texnologiyalari va kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish;
o‘rnatilgan tizimlar, mikroelektronika va buyumlar interneti;
muhandislik ishlanmalari, tadqiqot laboratoriyalari va talabalarning amaliy loyihalarda ishtirokini kengaytirish.
Shuningdek, informatika o‘qituvchilarini sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitish va sertifikatlash, talabalar uchun xalqaro raqamli kurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish belgilandi.
Farg‘ona tajribasi asosida iOS dasturchilarini tayyorlash markazlarini tashkil etish va xususiy ta’lim markazlari uchun mentorlar tayyorlash takliflari ma’qullandi.
Yoshlarning ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi "Raqamli yoshlar" platformasi ham rivojlantiriladi. Unda ta’lim, kasbiy ko‘nikmalar, til bilish darajasi va sertifikatlar haqidagi ma’lumotlar jamlanib, yoshlarga mos bo‘sh ish o‘rinlari taklif etiladi va ularning bandligi kuzatib boriladi.
Raqamli ta’limga xalqaro texnologik kompaniyalarni jalb qilish ham kengaytiriladi. O‘tgan yili bu yo‘nalishda 22 million dollar grant olingan. Mazkur ko‘rsatkichni:
2026 yil yakunigacha — 60 million dollarga;
2030 yilga borib — yiliga 100 million dollarga yetkazish topshirildi.
Joriy yilda jalb qilinadigan grantlarning yarmi raqamli ta’limga, qolgan qismi esa malaka oshirish dasturlari va chekka hududlarda raqamli ta’lim markazlarini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Markazlar sun’iy intellekt, robototexnika va dasturlashni o‘qitish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.