O‘zbekistondan Rossiyaga yuk tashish buyurtmalari 26 foizga, Belarusga 80 foizga oshdi

© Sputnik / Baxrom XatamovZona tamojennogo kontrolya
Zona tamojennogo kontrolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Belarusga yuk tashish buyurtmalari 80 foizga, Rossiyaga 26 foizga oshdi. Umumiy eksport tashuvlariga talab 29 foizga o‘sdi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistondan xorijga avtomobil transportida yuk tashish bo‘yicha buyurtmalar 2026-yilning uchinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29 foizga oshdi. Bu haqda ATI.SU xalqaro logistika platformasi ma’lum qildi.
Kompaniya hisobotida talab o‘sishi bo‘yicha Rossiya va, ayniqsa, Belarus yo‘nalishlari alohida qayd etilgan. Rossiyaga yuk tashish buyurtmalari 26 foizga, Belarusga esa 80 foizga ko‘paygan.
Eksport yo‘nalishidagi yuk tashish narxlari yillik hisobda 10 foizga qimmatlashdi.
Importda vaziyat boshqacha: uchinchi chorakda xorijdan O‘zbekistonga yuk yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalar 8 foizga, jumladan, Rossiyadan import yuklarini tashish bo‘yicha 4 foizga kamaydi.
Biroq sentabrda vaziyat o‘zgardi. Xorijdan O‘zbekistonga yuk tashishga umumiy talab 39 foizga, Rossiyadan yuk yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalar esa 47 foizga oshdi.
Ta’kidlanishicha, sentabrda dizel yoqilg‘isi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi yuk tashishga talabning keskin o‘sishiga xizmat qilgan.
Shu bilan birga, mamlakat ichidagi yuk tashuvlariga talab ham o‘smoqda. Uchinchi chorakda bunday buyurtmalar soni ikkinchi chorakka nisbatan 12 foizga ko‘paydi.
Kompaniya statistikasi platformada joylashtirilgan buyurtmalarga asoslangan bo‘lib, ko‘rsatkichlarga foydalanuvchilar sonining ortishi ham ta’sir qilgan.
Gruzovie avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
O‘zbekistonda import yuk tashish kamaydi, ichki tashuvlar keskin o‘sdi
Yangiliklar lentasi
0