O‘zbekistonda import yuk tashish kamaydi, ichki tashuvlar keskin o‘sdi

© Sputnik / Baxrom XatamovGruzovie avtomobili na trasse
Gruzovie avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya yo‘nalishidagi pasayish sanksiyalar bosimi, Qozog‘iston chegarasidagi tirbandliklar va rubl kursining yuqoriligi kabi omillar bilan izohlanmoqda
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. 2026 yilning ikkinchi choragida O‘zbekiston ichida yuk tashishga talab keskin oshdi, xalqaro yo‘nalishlarda esa o‘sish deyarli to‘xtadi. Bu haqda ATI.SU xalqaro logistika platformasi ma’lum qildi.
Platformada import yuk tashish bo‘yicha buyurtmalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga, birinchi chorakka nisbatan esa 55 foizga kamaydi. O‘rtacha stavkalar deyarli o‘tgan yilgi darajada qoldi.
Rossiya yo‘nalishida buyurtmalar yillik hisobda 18 foizga, birinchi chorakka nisbatan 61 foizga qisqardi. Qozog‘istondan tashuvlar 10 foizga kamaygan bo‘lsa, Belarus yo‘nalishida qariyb ikki barobar o‘sish qayd etildi.
Eksport tashuvlarida barqarorlik saqlandi: avtomobil tashuvlari uchun arizalar soni yillik hisobda 1 foizga oshdi. Rossiya yo‘nalishida 3 foizlik pasayish, Belarus bo‘yicha esa 31 foizlik o‘sish kuzatildi. Eksport yo‘nalishlarida avtomobil orqali yuk tashishning o‘rtacha narxi biroz oshdi.
Eng yuqori o‘sish ichki tashuvlarda qayd etildi. Ikkinchi chorakda arizalar soni birinchi chorakka nisbatan ikki barobar, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa to‘rt barobar oshdi. Kompaniya buni real talab va raqamli logistika vositalari ommalashuvi bilan izohladi.
ATI.SUning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Farid Vohidov Rossiya yo‘nalishidagi pasayishni sanksiyalar, Qozog‘iston chegarasidagi tirbandliklar, bojxona nazorati va tartibga solish talablarining kuchayishi, shuningdek, yoqilg‘i narxlari, yetkazib berish muddatlarining oshishi va rublning yuqori kursi bilan bog‘ladi.
Mutaxassis uchinchi chorakda bu omillar ta’siri kuchayishi mumkinligini, biroq boshqa, ayniqsa ichki yo‘nalishlarda talab o‘sishi davom etishini ta’kidladi.
kolonna gruzovikov na shosse 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2026
2025 yil yakunlari: O‘zbekistonda avtomobil orqali yuk tashish sohasida nimalar ro‘y berdi
Yangiliklar lentasi
0