O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshdi

© Sputnik / Baxrom XatamovLyudi gulyayut v parke v Tashkente
Lyudi gulyayut v parke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2026
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholining 91,3 foizi o‘zbek tilini ona tili deb ko‘rsatgan, o‘zbeklar ulushi 89,4 foiz bo‘lgan.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etdi. Bu haqda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Joriy statistik hisob-kitoblar bo‘yicha mamlakat aholisi 38 236 704 nafar deb baholangan edi. Ro‘yxatga olish natijalari ushbu ko‘rsatkich joriy statistik hisob-kitoblardan 810,6 ming nafarga yuqori ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, respublikada erkaklar soni ayollar sonidan 485 011 nafarga ko‘pligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, aholi soni 1989-yildagi ro‘yxatga olish natijalariga nisbatan 2 barobarga oshgani ma’lum qilindi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, ro‘yxatga olish jarayonida umumiy aholining 97,3 foizi qamrab olingan. Aholining 2,7 foizi turli sabablarga ko‘ra jarayonda ishtirok etmagan.
O‘zbekiston hududida 1-yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro ham ro‘yxatga olingan. Ularning 19 300 nafari Toshkent shahrida yashaydi.
Xorijiy fuqarolar orasida eng ko‘p ro‘yxatga olinganlar Hindiston fuqarolari bo‘ldi — 13 312 nafar. Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 10 826 nafar, Qozog‘iston — 9 425 nafar, Tojikiston — 5 722 nafar, Turkmaniston — 5 347 nafar va Qirg‘iziston — 4 397 nafar bilan qayd etildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bir nafar aholini ro‘yxatga olish uchun sarflangan xarajat 0,12 AQSh dollarini tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, bunday natija ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilgani va tashkiliy xarajatlar maqbullashtirilgani bilan izohlanadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aholining 35,7 mln nafari yoki 91,3 foizi o‘zbek tilini ona tili sifatida ko‘rsatgan. Bu ko‘rsatkich etnik o‘zbeklar ulushidan 1,9 foiz punktga yuqori.
Millatlar bo‘yicha tarkibda o‘zbeklar ulushi 89,4 foizni tashkil etgan.
Perepis naseleniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2026
MDHdagi rekord: 17 kunda O‘zbekistonda 30 milliondan ortiq aholi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0