https://oz.sputniknews.uz/20261019/usa-central-asia-hamkorlik-61317164.html
AQSh va Markaziy Osiyo savdo, konchilik va atom energetikasida hamkorlikni kuchaytirmoqchi
AQSh va Markaziy Osiyo savdo, konchilik va atom energetikasida hamkorlikni kuchaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi C5+1 uchrashuvi munosabati bilan AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘shma bayonot e’lon qildi. Unda Transkaspiy yo‘lagi, foydali qazilmalar, atom energetikasi, xavfsizlik va ta’lim bo‘yicha rejalar belgilandi.
2026-10-19T14:56+0500
2026-10-19T14:56+0500
2026-10-19T14:56+0500
markaziy osiyo
o‘zbekiston tiv
transport
samarqand
energetika
xavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61316995_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_d022c41ac0da0db412fb320c81081b36.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati iqtisodiyot, energetika, xavfsizlik va texnologiyalar sohasida uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda. Bu haqda Samarqanddagi C5+1 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda so‘z boradi.Hujjatda davlatlar suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga hurmat hamda nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillari tasdiqlangan.Savdo va transport. Tomonlar Transkaspiy savdo yo‘lagini rivojlantirish, transport infratuzilmasiga sarmoya kiritish va bojxona tartiblarini uyg‘unlashtirish orqali mintaqa ichidagi hamda AQSh bilan savdoni kengaytirishni ko‘zlamoqda.Energetika va foydali qazilmalar. Mamlakatlar geologik ma’lumotlar bilan ishlash tajribasini almashish, qazilmalarni nafaqat qazib olish, balki qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportini ko‘paytirishga e’tibor qaratmoqchi.Shuningdek, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish, yadroviy materiallar xavfsizligi va ularning jismoniy himoyasi bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish belgilangan.Xavfsizlik va ta’lim. Terrorizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, giyohvandlik va qurol-yarog‘ kontrabandasi, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash hamda chegara xavfsizligini mustahkamlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etilgan.2015 yilda tashkil etilgan C5+1 formati AQSh va Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiradi. Yangi bayonot kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi, biroq unda alohida loyihalarning qiymati va muddatlari keltirilmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20261019/mirziyoev-rubio-investitsiya-kengash-yigilish-61305755.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61316995_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2aef9a80e885eca8ea3a516db54dd7bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo, o‘zbekiston tiv, transport, samarqand, energetika, xavfsizlik
markaziy osiyo, o‘zbekiston tiv, transport, samarqand, energetika, xavfsizlik
AQSh va Markaziy Osiyo savdo, konchilik va atom energetikasida hamkorlikni kuchaytirmoqchi
C5+1 mamlakatlari Transkaspiy yo‘lagi, qazilmalar, atom energetikasi va xavfsizlikda hamkorlikni kuchaytirish niyatini bildirdi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati iqtisodiyot, energetika, xavfsizlik va texnologiyalar sohasida uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda. Bu haqda Samarqanddagi C5+1 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda
so‘z boradi.
Hujjatda davlatlar suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga hurmat hamda nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillari tasdiqlangan.
Savdo va transport. Tomonlar Transkaspiy savdo yo‘lagini rivojlantirish, transport infratuzilmasiga sarmoya kiritish va bojxona tartiblarini uyg‘unlashtirish orqali mintaqa ichidagi hamda AQSh bilan savdoni kengaytirishni ko‘zlamoqda.
Amerika kompaniyalarining Markaziy Osiyoda, mintaqa korxonalarining esa AQSh bozorida faoliyat yuritishi uchun yangi imkoniyatlar yaratish, elektron tijorat va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish ham nazarda tutilgan.
Energetika va foydali qazilmalar. Mamlakatlar geologik ma’lumotlar bilan ishlash tajribasini almashish, qazilmalarni nafaqat qazib olish, balki qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportini ko‘paytirishga e’tibor qaratmoqchi.
Shuningdek, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish, yadroviy materiallar xavfsizligi va ularning jismoniy himoyasi bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish belgilangan.
Xavfsizlik va ta’lim. Terrorizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, giyohvandlik va qurol-yarog‘ kontrabandasi, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash hamda chegara xavfsizligini mustahkamlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etilgan.
Hujjatda ta’lim almashinuvlarini kengaytirish, ingliz tilini o‘rgatish, madaniy merosni muhofaza qilish va turizmni rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan.
2015 yilda tashkil etilgan C5+1 formati AQSh va Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiradi. Yangi bayonot kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi, biroq unda alohida loyihalarning qiymati va muddatlari keltirilmagan.