Mirziyoyev va Rubio Samarqandda investitsiya kengashi yig‘ilishida qatnashadi

© Telegram kanal S.MirziyoyevoyGossekretar SShA Marko Rubio pribil v Uzbekistan
Gossekretar SShA Marko Rubio pribil v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2026
Obuna bo‘lish
Bugun Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va Marko Rubio ishtirokida investitsiya kengashi yig‘ilishi o‘tadi. AQShdan 200 dan ortiq ishbilarmon kelgan
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. AQSh davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga safari doirasida yuqori darajadagi muzokaralar va biznes tadbirlari rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
"Oldinda C5+1 formatidagi muhim muzokaralar, biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar hamda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi kutmoqda", — deb yozdi u.
19 oktabr kuni kengash yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Marko Rubio ishtirok etishi rejalashtirilgan. AQSh Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Rubioga 200 nafardan ortiq amerikalik biznes vakillaridan iborat delegatsiya hamrohlik qilmoqda.
Shuningdek, Samarqandda C5+1 formatida AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi o‘tkaziladi.
18 oktabrda O‘zbekistonga kelgan Rubio uchun bu Markaziy Osiyoga birinchi tashrif hisoblanadi.
Flagi Uzbekistana i SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2026
AQshning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0