Islom hamkorlik tashkiloti musulmon davlatlarining yakdil harakatini kuchaytirmoqchi

© Press slujba OISV Bagdade proshla 52-ya sessiya Soveta ministrov inostrannix del OIS
V Bagdade proshla 52-ya sessiya Soveta ministrov inostrannix del OIS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2026
Obuna bo‘lish
IHT davlatlari Falastin masalasida yakdil pozitsiyani tasdiqladi. Bag‘doddagi sessiyada O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Ismoil Uld Shayx Ahmad musulmon davlatlarini Falastin xalqi huquqlarini himoya qilish va Quddusni asrash uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.
U G‘azoda tinchlik rejasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish, o‘t ochishni uzil-kesil to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini olib chiqish va gumanitar yordam yetkazish uchun bosimni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Bag‘dodda 17–18 oktabr kunlari o‘tgan IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining 52-sessiyasida Bag‘dod deklaratsiyasi hamda Quddus poytaxt bo‘lgan Falastin davlatini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyalar qabul qilindi.

Shuningdek, Iroq har yili musulmon davlatlari muloqot forumini o‘tkazish va mojarolarni barvaqt aniqlash uchun ekspertlar tarmog‘ini tuzishni taklif etdi.
Bosh kotib har qanday a’zo davlatning suvereniteti va xavfsizligiga tajovuzni rad etdi. Afg‘oniston masalasida esa IHT amaldagi hokimiyat bilan ayollar va qizlarning ta’lim hamda mehnat huquqlari bo‘yicha muloqotni davom ettirayotganini, afg‘on xalqiga gumanitar-iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatayotganini bildirdi.
U islom birdamligini amaliy iqtisodiy hamkorlikka aylantirish, ilm-fan va innovatsiyalarga sarmoya kiritish, sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqish va islomofobiyaga qarshi kurashishga chaqirdi. IHTning xalqaro qarorlarga ta’sirini kuchaytirish uchun yangi vositalar zarurligini ham bildirdi.
Sessiyada O‘zbekiston delegatsiyasiga TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchilik qildi. U IHT bosh kotibi bilan hamkorlik va qo‘shma tashabbuslarni muhokama qildi.
Natsionalniy flag Irana v Tegerane 31-marta 2020 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Eron Makka mudofaa kelishuviga qo‘shilish taklifini ko‘rib chiqmoqda
Yangiliklar lentasi
0