Eron Makka mudofaa kelishuviga qo‘shilish taklifini ko‘rib chiqmoqda

© AP Photo / Vahid SalemiNatsionalniy flag Irana v Tegerane 31-marta 2020 goda.
Natsionalniy flag Irana v Tegerane 31-marta 2020 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Obuna bo‘lish
Tehron ayni paytda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasidagi qo‘shma mudofaa kelishuviga qo‘shilish taklifini ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Eron Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasida tuzilgan Makka qo‘shma mudofaa kelishuviga qo‘shilish taklifini oldi. Bu haqda Eron parlamenti axborot agentligi rahbari Mehdi Rahimiy ma’lum qildi.

"Taklif ayni paytda Eron rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Al Mayadeen" telekanali.

Rahimiy mintaqa davlatlarining umumiy xavfsizlik tizimini shakllantirish sari harakatlanayotganini ham ta’kidlagan.
Eronning kelishuvga ehtimoliy qo‘shilishi uning siyosiy va harbiy ahamiyatini keskin oshirishi mumkin. Blok tarkibida NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya, musulmon dunyosidagi yagona yadroviy davlat — Pokiston, Saudiya Arabistoni va Eron birlashgan bo‘lar edi.
"Reuters" agentligiga ko‘ra, ayni paytda, Makka kelishuvini to‘liq ma’nodagi “musulmonlar NATOsi” deb atashga hali erta.
Hujjatda bir ishtirokchiga hujum barchaga hujum sifatida baholanishi belgilangan bo‘lsa-da, har bir davlat qanday harbiy javob qaytarishi aniq ko‘rsatilmagan.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston Tehronga rasmiy taklif yuborilganini hozircha ochiq tasdiqlagani yo‘q.
Makka qo‘shma mudofaa kelishuvi

Kelishuv 7-avgust kuni Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston rahbarlari tomonidan imzolangan. Hujjatga muvofiq, uch davlatdan biriga qilingan qurolli hujum barcha ishtirokchilarga tajovuz sifatida qabul qilinadi. Tomonlar kelishuv mudofaa xususiyatiga ega ekani va muayan davlatga qarshi qaratilmaganini bildirgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Lideri Tursii, Saudovskoy Aravii i Pakistana podpisali oboronnoe soglashenie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
Musulmon davlatlarining o‘z NATOsi paydo bo‘lyaptimi: nega Eron Makka paktidan xavotirda emas
Yangiliklar lentasi
0