https://oz.sputniknews.uz/20261019/rubio-bayonotlar-russia-muzokaralar-61308630.html
Tramp nega Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kechiktirdi— Rubioning Samarqanddagi bayonotlari
Tramp nega Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kechiktirdi— Rubioning Samarqanddagi bayonotlari
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda bo‘lib turgan AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar, Trampning yangi sanksiyalarni kechiktirish qarori hamda Vashingtonning mojaroni tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlari haqida gapirdi.
2026-10-19T10:37+0500
2026-10-19T10:37+0500
2026-10-19T11:00+0500
dunyo yangiliklari
siyosat
marko rubio
sanksiya
donald tramp
rossiya
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61308347_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_78331dd7065873359fefd9e730b46add.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kechiktirish orqali Moskva va Kiyev bilan davom etayotgan muzokaralar natijasini kuzatmoqchi. Bu haqda Samarqandda bo‘lib turgan AQSh davlat kotibi Marko Rubio jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington muzokaralar ijobiy natija berishi va Ukrainadagi mojaroni tugatishga yordam berishi mumkinligini ko‘rmoqchi.Shuningdek, u AQSh Kiyevga razvedka ma’lumotlarini taqdim etishni to‘xtatgani haqidagi bayonotlarni rad etdi.Avvalroq Vladimir Zelenskiy AQSh uch kun davomida Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini yetkazmagani, keyin esa bu jarayon tiklanganini aytgan edi.Rubio Zelenskiy nega bunday bayonotlar berayotganini bilmasligini, uning matbuotdagi har bir gapiga javob qaytarish niyati yo‘qligini ta’kidladi.Eslatib o‘tamiz, Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va bojlarni qo‘llashni kechiktirgan. Rubioning avvalgi izohiga ko‘ra, AQSh prezidenti 60 kunlik muddatda ushbu cheklovlarning mamlakat va jahon iqtisodiyotiga ta’sirini baholamoqchi.
https://oz.sputniknews.uz/20260924/lavrov-rubio-ukraine-russia-usa-muhokama-60693678.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61308347_0:0:2677:2008_1920x0_80_0_0_c8acc315743fc4e53d577e73b6c1faf8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, siyosat, marko rubio, sanksiya, donald tramp, rossiya, samarqand
dunyo yangiliklari, siyosat, marko rubio, sanksiya, donald tramp, rossiya, samarqand
Tramp nega Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kechiktirdi— Rubioning Samarqanddagi bayonotlari
10:37 19.10.2026 (yangilandi: 11:00 19.10.2026) Samarqandda bo‘lib turgan Marko Rubio Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kechiktirilishi va Moskva hamda Kiyev bilan muzokaralar haqida gapirdi
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kechiktirish orqali Moskva va Kiyev bilan davom etayotgan muzokaralar natijasini kuzatmoqchi. Bu haqda Samarqandda bo‘lib turgan AQSh davlat kotibi Marko Rubio jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington muzokaralar ijobiy natija berishi va Ukrainadagi mojaroni tugatishga yordam berishi mumkinligini ko‘rmoqchi.
"Biz mojaroni tugatish imkoniyatlarini izlashda davom etamiz. O‘ylaymanki, prezident bunga erishish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor", — dedi Rubio.
Shuningdek, u AQSh Kiyevga razvedka ma’lumotlarini taqdim etishni to‘xtatgani haqidagi bayonotlarni rad etdi.
"Hech qanday tanaffus bo‘lmagan", — dedi davlat kotibi.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy AQSh uch kun davomida Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini yetkazmagani, keyin esa bu jarayon tiklanganini aytgan edi.
Rubio Zelenskiy nega bunday bayonotlar berayotganini bilmasligini, uning matbuotdagi har bir gapiga javob qaytarish niyati yo‘qligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va bojlarni qo‘llashni kechiktirgan. Rubioning avvalgi izohiga ko‘ra, AQSh prezidenti 60 kunlik muddatda ushbu cheklovlarning mamlakat va jahon iqtisodiyotiga ta’sirini baholamoqchi.
Marko Rubio 18-oktabrda Samarqandga keldi. Uning tashrifi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi muzokaralari rejalashtirilgan.