https://oz.sputniknews.uz/20260924/lavrov-rubio-ukraine-russia-usa-muhokama-60693678.html
Lavrov va Rubio Ukraina mojarosi va Rossiya-AQSh munosabatlarini muhokama qildi
Lavrov va Rubio Ukraina mojarosi va Rossiya-AQSh munosabatlarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov va Marko Rubio Nyu-Yorkda Ukraina mojarosi, Rossiya-AQSh munosabatlari va qator xalqaro masalalar yuzasidan muzokara o‘tkazdi.
2026-09-24T09:19+0500
2026-09-24T09:19+0500
2026-09-24T10:04+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
marko rubio
sergey lavrov
dunyo yangiliklari
siyosat
rossiya tiv
dunyoda
rossiya
aqsh
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/18/60692994_0:38:720:443_1920x0_80_0_0_305b71fe87d85cf209890d60e4ca5a9a.jpg
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi yuqori darajadagi haftaligi doirasida uchrashdi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.Tomonlar ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro kun tartibidagi masalalar, jumladan, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish yuzasidan fikr almashdi.Tinch aholi va transchegaraviy infratuzilma obyektlariga qasddan zarbalar berayotgan, shuningdek, jahon energetika bozorlarining beqarorlashuviga olib kelayotgan Kiyevning buzg‘unchi harakatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.Rossiya tomoni maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishishga, shu jumladan, mojaroning tub sabablarini bartaraf etish asosida uni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishga so‘zsiz sodiq ekanini yana bir bor tasdiqladi.Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rubio AQSh Ukrainadagi mojaroning boshqa hududlarga tarqalishi ehtimolidan xavotirda ekanini ma’lum qildi.Rubioning so‘zlariga ko‘ra, bunday xavf gibrid hujum, diversiya yoki tasodifiy xato natijasida yuzaga kelishi mumkin.Lavrov va Rubio, shuningdek, Yaqin Sharq, Kavkazorti, Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi vaziyat hamda yil oxirigacha o‘tkaziladigan G20 tadbirlariga tayyorgarlikni muhokama qildi.Rossiya tomoni Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, jumladan, iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar almashinuvlar va o‘zaro sayohatlarni rivojlantirish masalalarini ham ko‘tardi.Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari orqali aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260723/lavrov-rubio-uchrashuv-59208936.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/18/60692994_40:0:680:480_1920x0_80_0_0_c5404165bb2c6b33c8a4af7d1aa76b00.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
marko rubio, sergey lavrov, dunyo yangiliklari, siyosat, rossiya tiv, dunyoda, rossiya, aqsh, ukraina
marko rubio, sergey lavrov, dunyo yangiliklari, siyosat, rossiya tiv, dunyoda, rossiya, aqsh, ukraina
Lavrov va Rubio Ukraina mojarosi va Rossiya-AQSh munosabatlarini muhokama qildi
09:19 24.09.2026 (yangilandi: 10:04 24.09.2026) Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Nyu-Yorkda Ukraina mojarosi va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi yuqori darajadagi haftaligi doirasida uchrashdi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro kun tartibidagi masalalar, jumladan, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish yuzasidan fikr almashdi.
Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish masalasi muhokama qilinar ekan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Kiyev rejimi va uning yevropalik homiylari harakatlarini yaqindan muvofiqlashtirayotganiga e’tibor qaratdi.
Tinch aholi va transchegaraviy infratuzilma obyektlariga qasddan zarbalar berayotgan, shuningdek, jahon energetika bozorlarining beqarorlashuviga olib kelayotgan Kiyevning buzg‘unchi harakatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Rossiya tomoni maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishishga, shu jumladan, mojaroning tub sabablarini bartaraf etish asosida uni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishga so‘zsiz sodiq ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rubio AQSh Ukrainadagi mojaroning boshqa hududlarga tarqalishi ehtimolidan xavotirda ekanini ma’lum qildi.
"Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq xavotirlarimizdan biri — u kengayib, boshqa hududlarga tarqalishi mumkin", — dedi u.
Rubioning so‘zlariga ko‘ra, bunday xavf gibrid hujum, diversiya yoki tasodifiy xato natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Lavrov va Rubio, shuningdek, Yaqin Sharq, Kavkazorti, Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi vaziyat hamda yil oxirigacha o‘tkaziladigan G20 tadbirlariga tayyorgarlikni muhokama qildi.
Rossiya tomoni Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, jumladan, iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar almashinuvlar va o‘zaro sayohatlarni rivojlantirish masalalarini ham ko‘tardi.
Shuningdek, diplomatik vakolatxonalar faoliyatini normallashtirish va AQShdagi Rossiya diplomatik mulki bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muloqotni davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari orqali aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.