https://oz.sputniknews.uz/20260906/usa-seattle-uzbekistan-bosh-konsulxona-60239218.html
AQshning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
AQshning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Sietlda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ish boshladi. U Vashington, Oregon, Aydaxo va Montana shtatlaridagi fuqarolarga konsullik xizmatlarini ko‘rsatadi, savdo, investitsiya va texnologiya aloqalarini ham rivojlantiradi.
2026-09-06T09:18+0500
2026-09-06T09:18+0500
2026-09-06T09:18+0500
diplomatiya
siyosat
komil allamjonov
vashington
aqsh
bosh konsulxona
konsullik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/06/60239054_0:135:1448:950_1920x0_80_0_0_02e1fd42f5e011c9f0704924dc687f01.png
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. AQShning Sietl shahrida joriy yil mart oyidan buyon faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari maslahatchisi Komil Allamjonov ma’lum qildi.Uning qayd etishicha, mazkur diplomatik vakolatxona O‘zbekistonning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi birinchi konsullik muassasasi hisoblanadi. Yangi Bosh konsulxona O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.Xususan, Bosh konsulxona xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini berish, viza va boshqa konsullik xizmatlarini ko‘rsatadi. Ayrim xizmatlar, jumladan, biometrik pasport olish uchun ariza beruvchining shaxsan kelishi talab etiladi.Avval Vashington, Oregon, Aydaxo va Montana shtatlari Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasining konsullik okrugiga kirgan. Shu bois Sietlda vakolatxona ochilishi AQShning shimoli-g‘arbida yashovchi o‘zbekistonliklar uchun konsullik xizmatlaridan foydalanishni ancha qulaylashtiradi.Ushbu Bosh konsulxonaga Axror Burhonov Bosh konsul sifatida rahbarlik qilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260708/usa-ozbek-mahalla-58893414.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/06/60239054_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_4879ee8c4765169211c89596eb71e56c.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
diplomatiya, siyosat, komil allamjonov, vashington, aqsh, bosh konsulxona, konsullik
diplomatiya, siyosat, komil allamjonov, vashington, aqsh, bosh konsulxona, konsullik
AQshning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Yangi Bosh konsulxona AQSh shimoli-g‘arbida yashovchi o‘zbekistonliklarga konsullik xizmatlaridan ancha qulay foydalanish imkonini beradi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. AQShning Sietl shahrida joriy yil mart oyidan buyon faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari maslahatchisi Komil Allamjonov
ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, mazkur diplomatik vakolatxona O‘zbekistonning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi birinchi konsullik muassasasi hisoblanadi. Yangi Bosh konsulxona O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bosh konsulxonaning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, uning konsullik okrugiga Vashington, Oregon, Aydaxo va Montana shtatlari kiradi. Shu shtatlarda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari endi konsullik xizmatlari bo‘yicha Sietldagi vakolatxonaga murojaat qilishi mumkin.
Xususan, Bosh konsulxona xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini berish, viza va boshqa konsullik xizmatlarini ko‘rsatadi. Ayrim xizmatlar, jumladan, biometrik pasport olish uchun ariza beruvchining shaxsan kelishi talab etiladi.
Avval Vashington, Oregon, Aydaxo va Montana shtatlari Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasining konsullik okrugiga kirgan. Shu bois Sietlda vakolatxona ochilishi AQShning shimoli-g‘arbida yashovchi o‘zbekistonliklar uchun konsullik xizmatlaridan foydalanishni ancha qulaylashtiradi.
Ushbu Bosh konsulxonaga Axror Burhonov Bosh konsul sifatida rahbarlik qilmoqda.