https://oz.sputniknews.uz/20261019/mirziyoev-central-asia-vazirlar-muhokama-61322762.html
Savdo va transport: Mirziyoyev Markaziy Osiyo vazirlari bilan yana nimalarni muhokama qildi
Savdo va transport: Mirziyoyev Markaziy Osiyo vazirlari bilan yana nimalarni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Samarqandda Markaziy Osiyoning to‘rt davlati tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi. Asosiy mavzular — savdo, transport va energetika. 19.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-19T17:44+0500
2026-10-19T17:44+0500
2026-10-19T17:44+0500
shavkat mirziyoyev
markaziy osiyo
siyosat
savdo
samarqand
hamkorlik
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61321816_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_62dd0e38a0c3aff4fc858b133485ff1c.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda C5+1 uchrashuvi doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlarini alohida qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Turkmaniston. Rashid Meredov bilan uchrashuvda savdo va yuk tashish hajmlari ortib borayotgani, "Shovot – Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasi faoliyati qayd etildi. Tomonlar uchinchi Hududlar forumi hamda Turkmaniston shaharlarida O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlarini o‘tkazishga tayyorgarlikni muhokama qildi.Qozog‘iston. Muxtar Tleuberdi bilan muzokaralarda sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va ekologiya sohalaridagi qo‘shma loyihalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, 2027-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama tadbirlar rejasini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.Qirg‘iziston. Jeenbek Kulubayev bilan suhbatda Mirziyoyevning iyul oyidagi davlat tashrifi kelishuvlarini amalga oshirish, savdo hajmini oshirish, yirik transport va energetika loyihalarini davom ettirish masalalari ko‘rib chiqildi.Tojikiston. Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuvda energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiya loyihalari muhokama qilindi. Shuningdek, savdo va yuk tashish hajmini oshirish, ta’lim va turizm aloqalarini faollashtirishga e’tibor qaratildi.Barcha uchrashuvlarda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.Samarqandda 19-oktabr kuni Markaziy Osiyo besh davlati va AQSh tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvi o‘tkazilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20261018/mirziyoev-xitoy-61291411.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61321816_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_c948dc4953de6b9a74cf712ddc0eed94.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, markaziy osiyo, siyosat, savdo, samarqand, hamkorlik, aqsh
shavkat mirziyoyev, markaziy osiyo, siyosat, savdo, samarqand, hamkorlik, aqsh
Savdo va transport: Mirziyoyev Markaziy Osiyo vazirlari bilan yana nimalarni muhokama qildi
Mirziyoyev Samarqandda Markaziy Osiyoning to‘rt davlati tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi. Asosiy mavzular — savdo, transport va energetika.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda C5+1 uchrashuvi doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlarini alohida qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Turkmaniston. Rashid Meredov bilan uchrashuvda savdo va yuk tashish hajmlari ortib borayotgani, "Shovot – Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasi faoliyati qayd etildi. Tomonlar uchinchi Hududlar forumi hamda Turkmaniston shaharlarida O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlarini o‘tkazishga tayyorgarlikni muhokama qildi.
Qozog‘iston. Muxtar Tleuberdi bilan muzokaralarda sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va ekologiya sohalaridagi qo‘shma loyihalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, 2027-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama tadbirlar rejasini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Qirg‘iziston. Jeenbek Kulubayev bilan suhbatda Mirziyoyevning iyul oyidagi davlat tashrifi kelishuvlarini amalga oshirish, savdo hajmini oshirish, yirik transport va energetika loyihalarini davom ettirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tojikiston. Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuvda energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiya loyihalari muhokama qilindi. Shuningdek, savdo va yuk tashish hajmini oshirish, ta’lim va turizm aloqalarini faollashtirishga e’tibor qaratildi.
Barcha uchrashuvlarda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Samarqandda 19-oktabr kuni Markaziy Osiyo besh davlati va AQSh tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvi o‘tkazilmoqda.